Amaliy mashg`ulot №24,№25, №26. Mavzu: Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar


Shinalar bo`yicha taqiqlovchi shartlar


Download 204.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi204.55 Kb.
#1195093
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy

Shinalar bo`yicha taqiqlovchi shartlar. Yengil avtomobillar shinasi naqshlari 
izlarining qoldiq chuqurligi 1,6 mm, yuk avtomobillariniki 1,0 mm, avtobuslarniki 2,0 mm, 
mototsikl va mopedlarniki 0,8 mm dan kam bo`lsa. 
Izoh. Tirkamalar shinasi naqshlari izlarining qoldiq, chuqurligi shatakchi transport 
vositasi shinalari uchun belgilangan me`yorda bo`lishi kerak. 
Shinalarning ba`zi joylari shikastlangan yoki boshqa nuqsonlarga (kesilgan, yorilgan) 
ega bo`lsa. 
Qo`shaloq, shinalar orasiga xavf-xatar tug`diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib 
qolgan bo`lsa. 
Shina o`lchamlari yoki unga cheklangan og`irlik transport vositasining turiga mos 
kelmasa. 
Transport vositasining bitta o`qiga diagonal va radial, shuningdek, har xil naqshli 
shinalar o`rnatilgan bo`lsa. 
Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi o`qiga naqshi qayta tiklangan shina, 
boshqa o`qiga esa ikkinchi marta (2-darajali) ta`mirlash yo`li bilan tiklangan shinalar 
o`rnatilgan bo`lsa. 
Yengil avtomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan 
tashqari) oldingi o`qiga ikkinchi marta (2-darajali) ta`mirlash yo`li bilan tiklangan shinalar 


45 
o`rnatilgan bo`lsa. 
Yurgizgich (motor) bo`yicha taqiqlovchi shartlar. Ishlab chiqqan gazlar 
tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me`yordan ortiq bo`lsa. 
Yonilg`i uzatish tizimi zich (germetik) bo`lmasa. 
Radio to`lqinlaridagi shovqinni so`ndiruvchi moslamalar bo`lmasa. 
Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarish tizimi buzuq bo`lsa. 
YHX organlari ruxsatisiz yurgizgich tuzilishiga o`zgartirish kiritilgan, boshqa 
turdagi yonilg`ida ishlatish uchun qo`shimcha moslama va jihozlar o`rnatilgan bo`lsa. 
Transport vositasi tuzilishining bo`lak qismlari. Transport vositasining 
tuzilishida ko`zda tutilgan orqa tomonni ko`rsatuvchi ko`zgu bo`lmasa. 
Tovush moslamasi (signal) ishlamasa. 
Transport vositasiga tevarak-atrof ko`rinishini cheklaydigan qo`shimcha narsalar
ko`zgusimon, shuningdek, tegishli davlat standartlarida belgilangan me`yorlarni buzgan 
holda tayyorlangan, rangi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o`rnatilgan bo`lsa. 

Download 204.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling