4-jadval.
T/r Transport
vositalari
tasnifi
Tormoz yo`li (ko`pi bilan) metr hisobida
1
M-1
2
Klasss-I
3
Klasss-A
4
N-1
5
O-1
AMALIY MASHG`ULOT №27, №28, №29.
MAVZU: YTHda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish.
I. Ishning maqsadi: YTHda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni
o`rganish hamda tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Tibbiy yordam ko`rsatishning bosqichlari. Yo`l-transport
hodisalari
jarayonida ro`y berayotgan shikastlanishlar
katta ijtimoiy muammolarga
aylanmoqda.
Iqtisodiy
jihatdan
rivojlangan
mamlakatlarning ko`pchiligi
avtoavariyalarning epidemiyasiga yo`liqgan bo`lib, undan katta zarar ko`rsatmoqda.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, yo`l-transport hodisalariga uchraganlarga birinchi
daqiqalarda tibbiy yordam ko`rsatish ko`p jihatdan ular
hayotini saqlab qolishga
bog`liq bo`ladi. Yapon mutaxassislarining fikricha, shikastlangan kishi klinik o`lim
holatida 3 daqiqagacha bo`lsa, hayotni saqlab qolish ehtimoli 75% tashkil qiladi. Bu
vaqt 5 daqiqaga cho`zilsa, hayotni saqlab qolish ehtimoli 25 % gacha kamayadi.
Agar 10 daqiqadan ko`p vaqt o`tsa, odamni hayotini saqlab qolib bo`lmaydi.