Amaliy mashg‘ulot-28 Elash va klassifikatsiyalash
Download 45 Kb. Pdf ko'rish
|
a\'meliy jumis- 28.2 Elew ham klassifikaciyalaw
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28.2-rasm. Tebranuvchan elak .
28.1-rasm. Elash usullari
Sanoatda harakatchan va qo´zg‟almas turdagi elaklar ishlatiladi. Elaklarning ko´p qo´llaniladigan turi-qo´zg‟almas elaklardir. Elaklar tebranuvchan, barabanli, siltalanuvchan, diskli, g‟ildirakli, kolosnikli va zanjirli bo´lishi mumkin. 28.2- rasmda tebranuvchan elak sxemasi tasvirlangan. 28.2-rasm. Tebranuvchan elak . Elak krivoship mexanizmi yordamida tebranma µarakat kiladi. Elangan maµsulot pastga teshikdan to´kiladi, elanmagani esa elak bo´ylab harakatlanib, qayta maydalashga jo´natiladi. Bir qancha fraksiyalarga ajratish uchun tebranuvchi elaklar ko´p qavatli qilinadi. Material qurilmaning eng yuqorisiga to´kiladi. Katta o´lchamli material yuqori qavatda qoladi, maydalari esa pastki qavatda t´planadi. Katta ´lchamli b´laklari yana qaytadan maydalashga j´natiladi. Teshikli tebranuvchan g‟alvir-mashinaning afzalliklari: g‟alvirlash samaradorligi yuqori; ixcham; ta‟mirlash qulay. G„alvir mashinaning kamchiliklari: konstruksiyasi mukammal emas; saralash paytida silkinib, tebranib ishlaydi. Rolikli elaklar harakatchan kolosnikli mashinalar qatoriga kiradi. Bu turdagi mashinalarda elash yuzasini parallel ´rnatilgan. Aylanuvchi ´qlarga mahkamlangan disk yoki roliklar bajaradi. Ajratilayotgan material disk yoki g‟ildirak ustida µarakatlanadi va ular orasidagi tirqishdan pastga tushadi. Elangan material elakning oxiridan tashqariga to´kiladi. Materialni uzluksiz silkinishi tufayli uning g‟ildirak yoki disklar b´ylab µarakatlangani uchun fraksiyalarga ajralish samaradorligi ortadi. Barabanli g‟alvir-mashina esa, gorizontga nisbatan 4-7° burchak ostida joylashgan baraban bo´lib, uni to´rdan yoki taram-taram qilib temir listdan yasalgan bo´lib, o´qga yoki tirgakli g‟ildirakga ´rnatilgan bo´ladi. Barabanning ochiq tomonidan material yuklanadi. Baraban devori orqali mayda material elanadi, elakdan o´tmagani esa barabanning past tomonidan to´kib olinadi. Barabanli ²alvir-mashina eng mayda zarrachalarni yirik bo´laklarda klassifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Falvir teshiklarini material µarakatlanish yo´li b´yicha o´zgartirish, ya‟ni kattalashtirish ham mumkin bo´ladi. Barabanli g‟alvir mashinaning kamchiliklari: ajratish samadorligi va unumdorligi kichik. Donli, krupali va boshoqli don maµsulotlarini tozalash uchun gorizontal va vertikal silindrik don tozalash ajratgichlardan foydalaniladi. Ajratish jarayoni metall to´rli ajratgichlarda amalga oshiriladi. Elak (to´r) teshiklari don aralashmasi harakati yo´nalishi bo´yicha kattalashib boradi. Aralashmani ajratish esa vertikal ajratgichda markazdan qochma kuch yordamida amalga oshsa, gorizontal ajratgichda esa tebranma µarakat tufayli amalga oshiriladi. 19.3-rasmda barabanli markazdan qochma ajratkich (separator) ning sxematik ko´rinishi tasvirlangan. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling