Amaliy mashg‘ulot-28 Elash va klassifikatsiyalash


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1834965
1   2   3   4
Bog'liq
a\'meliy jumis- 28.2 Elew ham klassifikaciyalaw

28.3-rasm . B
arabanli
g ‘alvir


Baraban bir necha qism (seksiya) dan tashkil topgan. Tozalanmagan don 
yuqori seksiyaga kelib tushadi. Markazdan qochma kuch ta‟sirida boshoqli 
material barabanli ajratkichning g‟alvirsilgan devor chetiga uriladi. Material 
tarkibidagi, qo´shimcha aralashmalar g‟alvir orqali o´tib ketadi, elangani 
ajratgichdan chiqarib tashlanadi. 
Don esa, tozalanadigan pastki qismiga tushadi.
Tebranuvchi g‟alvir mashinalarining elagi tekis yotiq bo´lib, tebratkich 
yordamida harakatga keltiriladi. Materialning elak ustida doim tebranib (silkinib) 
turishi tufayli, elak teshiklari to´lib qolmaydi va zarrachalar teshikdan o´tib ketadi. 
Ushbu jarayon tebranish chastotasi va amplitudasini o´zgartirish yo´li bilan 
rostlash oson. G‟alvirda detallarni almashtirish qiyin emas.
Sochiluvchan materiallar tarkibidagi temir va cho´yan aralashmalarni tozalash 
elektromagnit ajratkich yordamida amalga oshiriladi (28.4-rasm). 
28.4-
rasm

Elektromagnit barabanli ajratkich

 
Elektromagnit barabanli ajratkichda o´qga mos ravishda qo´zg‟almas 
magnit joylashtiriladi. Bu magnit o´zgarmas elektr tokida ishlaydi. Baraban 
aylanganda uning yuzasi elektromagnit qutblari yaqinida joylashgan bo´ladi. 
Metall aralashmalar kuchli magnit maydon ta‟siriga duch kelib, baraban yuzasiga 
yopishib qoladi. Magnit maydon ta‟siriga tushmaydigan boshoqli materiallar 
bunkerga to´kilaveradi. Keyin esa, metall zarrachalar µam maydon ta‟siridan
uzoqlashgandan so´ng, ular µam bunkerdan tashqariga yig‟iladi. SHu usulda 
donlarni metalldan ajratish mumkin bo´ladi.
Magnitli ajratkichlar metallarni mashinalarga yuklash jaraenida ham ishlatish 
mumkin bo´ladi.
Јattiq jismlar aralashmasini fraksiyalarga gidravlik klassifikatsiyalash qattiq 
zarrachalarni suyuqlikda cho´kishininig umumiy qonuniga bo´ysunadi. 
Gidravlik klassifikatsiyalash suv oqimining gorizontal yoki ko´tarilish 
harakatida amalga oshiriladi.


Oqim tezligi shunday tanlanadiki, bunda klassifikatordan kichik o´lchamli 
ma‟lum zarrachalar oqim bilan chiqib ketsa - bu zarrachalar yuqori mahsulot deb 
nomlansa, klassifikatorning o´zida qoladigan zarrachalar o´lchami katta bo´ladi va 
u ostki mahsulot deb nomlanadi.
Markazdan qochma kuch ta‟sirida klassifikatsiyalash esa gidrotsiklonlarda 
amalga oshiriladi.
Havo yordamida ajratish gidravlik klassifikatsiyalashdan farqi shundaki, 
zarrachalarni havoda ch´ktirish tezligi suyuqlikda cho´kish tezligidan tezroq 
boradi. Havo yordamida ajratish, siklonli qurilmalarda havoning yuqoriga 
ko´tariluvchi oqimida amalga oshiriladi.
28.5-rasmda markazdan qochma ajratkich sxemasi ko´rsatilgan. Bunday 
ajratkichlarni tegirmondan chiqadigan µavo oqimiga ulanadi. Yirik zarrachalar 
markazdan qochma kuch ta‟sirida xalqa (aylanma) oralik va konus devorlariga 
urilib ajratiladi. Yig‟ilgan yirik zarrachalar konus devoridan sirpanib-dumalab 
qurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Ajralmagan mayda zarrachalar havo 
oqimi bilan birgalikda siklonga chiqib ketadi. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling