Amaliy mashg‘ulot №3 tog’ jinslarining donadorlik tarkibini o’rganish


-rasm. Loyqalantirish orqali mexanik tahlil o’tkazish uchun stakan


Download 422.74 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi422.74 Kb.
#1166443
1   2   3   4
Bog'liq
Donadorlik (1)

5-rasm. Loyqalantirish orqali mexanik tahlil o’tkazish uchun stakan.

d<0,05 mm li fraksiyani ajratib olish uchun stakanga nul chizig’idan 2 sm balandlikkacha suv quyiladi, loyqalantirib 10 sekunddan so’ng nul sathgacha suv to’kiladi. Bu operasiya 0-2 sm li qatlamda muallaq zarralar qolmaguncha takrorlanadi.
Diametri <0,1 mm li fraksiya nul chizig’idan 10 sm balandlikkacha suv quyib va uni aralashtirgandan 10 sekund o’tgandan so’ng suv oqizib ajratib olinadi. Stakanda diametri 0,25-0,1 mm li fraksiya qoladi.

Barcha ajratib olingan fraksiyalar (d<0,01 mm li fraksiyadan tashqari) yig’ib olinadi, quritilib tarozida tortiladi. Keyinchalik har bir fraksiyaning foyiz nisbati hisoblab topiladi. d<0,01 mm li fraksiyaning miqdori namuna og’irligidan barcha yirikroq fraksiyalar yig’indisi ayirilib topiladi.
Pipetka usuli (yoki Robinson usuli) gilli jinslar uchun qo’llanilishi mumkin. Tahlil uchun hajmi 1 litr va balandligi 40 sm dan kam bo’lmagan shisha silindr, hajmi 20-25 sm3 li pipetka va namuna olish uchun asbob (grusha yoki sifonlar tizimi) olinadi (6-rasm).


6-rasm. Pipetka usuli yordamida mexanik tahlil qilish qurilmasi.

Tahlil uchun 10 g namuna olinadi, analitik tarozida tortib ko’riladi, unga distillangan suv quyiladi va bir sutka ivitish uchun qoldiriladi. Namlangan gil chinni hovonchada rezina dastacha yordamida 1-2 soat davomida eziladi, keyinchalik unga distillangan suv quyilib, aralashtiriladi va suspenziya hosil qilinadi. Suspenziya diametri 0,25 mm teshikli elakdan o’tkaziladi. Elakda qolgan zarralar quritiladi va tarozida o’lchanadi. Elakdan o’tgan suspenziya tahlil qilish uchun stakanga quyiladi va hajmi 1 litrga yetkaziladi. Suspenziya barqaror bo’lishi va koagulyatsiyaga uchramasligi uchun unga bir necha

tomchi piptezator – ammiak, suyuq shisha yoki natriy pirofosfat qo’shiladi.
Stakandagi suspenziya maxsus aralashtirgich yordamida loyqalantiriladi va suspenziya yuzasidan 10 sm pastdan namuna olinadi: diametri 0,05 mm dan kichik zarralar uchun 45 sek dan so’ng, 0,01 mm dan kichik bo’lgan zarralar 18 min 10 sek dan so’ng va diametri 0,005 mm li zarrachalar 6 saotdan so’ng olinadi.
Diametri <0,001 mm bo’lgan zarrachalarni aniqlash uchun to’rtinchi namuna 24 soatdan so’ng olinadi.
Pipetka yordamida olingan namunalar shisha byukslarga solinadi, quritiladi va analitik tarozilarda o’lchanadi.
Zarralarning foyiz miqdorini hisoblab topishda quyidagilar ko’zda tutiladi: a) namlik, suvda eruvchi tuzlar va karbonatlar; b) pipetka o’lchami; pipetkaning hajmi 20 sm3 bo’lganda byuksdagi namunaning massasi 50 ga, hajmi 25 sm3 bo’lganda esa 40 ga oshadi; v) d<0,05 mm bo’lgan namunada d<0,01<0,005 va <0,001 mm zarralar ham bo’ladi. d<0,01 mm bo’lgan namunada esa d<0,005 va <0,001 mm li zarralar, d<0,005 mm li namunada esa d<0,001 mm li zarrachalar bo’ladi.
Fraksiyalar miqdorini hisoblab topishda namunaning tabiiy namligi, suvda erigan tuzlar va karbonatlar miqdori, agar ular ajratib olingan bo’lsa, ayirib tashlanadi. Oldin d<0,001 mm li, keyinchalik d<0,005 mm, d<0,01 mm, d<0,05 mm li zarralarning miqdori aniqlanadi. Har bir keyingi yirik fraksiya miqdorini aniqlashda oldingi kichik fraksiya miqdori ayirib tashlanadi. Fraksiyalar miqdori namuna og’irligiga nisbatan foyizlarda ifodalanadi.
Aralash tarkibli jinslar (qum-alevrit-gilli) uchun donadorlik tahlillarning kombinasiyasi: elash, Sabanin va pipetka yoki elash va pipetka usullaridan foydalaniladi.
Donadorlik tahlil natijalari bo’yicha genetik xulosalar chiqarishda ko’rgazmali bo’lgan grafiklar – gistogrammalar va empirik taqsimlanish poligonlari tuziladi.
Download 422.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling