Amaliy mashg‘ulot №3 tog’ jinslarining donadorlik tarkibini o’rganish


Download 422.74 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi422.74 Kb.
#1166443
1   2   3   4
Bog'liq
Donadorlik (1)

Elash usuli o’zining soddaligi va tez bajarilishi bilan juda keng tarqalgan. Usul asosan tog’ jinslarini tashkil qiluvchi zarrachalarning kattaligi 0,05 mm dan kam bo’lmagan hollarda ishlatiladi. Ustma-ust qo’yilgan elaklar komplektiga 50 g tog’ jinsi solinadi. Elaklar to’rining kattaligi yuqoridan pastga qarab quyidagichadir: 10; 7; 5; 3; 2; 1; 0,5 va 0,25 mm. Elaklar komplekti 15 minut davomida tebratiladi va har bir elakda qolgan zarrachalarning og’irligi o’lchanadi. Olingan ma’lumotlar maxsus jadvalga yoziladi (1-jadval).

1-rasm. Tog’ jinslarini elash usulida tahlil qilish sxemasi.



2-rasm. Tog’ jinslarini elash usulida tahlil qilish uchun jihozlar komplekti.


1-jadval
Donadorlikni elash usuli orqali aniqlash

Tajriba


Tog’ jinsi nomi

Olingan joyi

Donadorlik, mm

10

7-10

5-7

3-5

2-3

1-2

0,5-1

0,25-0,5

0,25-0,25







































Sedimentatsiya usuli ba’zan gidravlik usul deb ham ataladi. Bu usul zarrachalarning suyuqlikda har xil tezlik bilan cho’kishiga asoslangan. Ularning donadorligini aniqlashning bir necha turlari mavjud;
1. Turg’un holatdagi suyuqlikda aniqlash (Stoks, Fadeyev – Vilyams, Sabanin, Osborn va AzNII usullari);
2. Oqar holatdagi suyuqlikda aniqlash (Konetskiy, Shyone, Gil’gard usullari);
3. Uzluksiz ravishda har xil chuqurlikdan namunalar olib, ularning og’irligini, gidrostatik bosimini aniqlash usuli.
Bu usullar ichida keng tarqalgani turg’un holatdagi suyuqlikda donadorlikni aniqlash usulidir.
Bu usulni birinchi marta ingliz olimi Stoks qo’llagan. Zarrachalarning cho’kish tezligi Stoks tenglamasi orqali quyidagicha aniqlanadi:
(1)
bu yerda: – zarrachalarning cho’kish tezligi, m/s;
g – erkin tushish tezlanishi, m2/s;
d – zarrachalarning diametri, mkm;
– suyuqlikning turg’unlik qovushqoqligi, Pa·s;
т.j – tog’ jinsining zichligi, g/sm3;
сsuyuqlikning zichligi, g/sm3;
Sedimentatsiya usuli bilan aniqlash uchun juda ko’p turdagi asboblar bor. Bo’lar ichida eng soddasi Figurovskiy tarozisidir (3- rasm). Figurovskiy tarozisi shisha tayoqcha, ipga osilgan shisha disk, silindrik idish va o’lchov mikroskopidan iborat. Silindrik idishga yaxshilab aralashtirilgan suspenziya holatidagi suyuqlik qo’yiladi. Suspenziyada kattaligi 1 mkm dan 50 mkm gacha bo’lgan tog’ jinsi zarrachalari erkin holda suzib yuradi. Suspenziya silindrik idishga quyilishidan oldin og’irligi o’lchanadi. Suspenziyada biroz vaqt o’tgach avval kattaroq, so’ngra esa maydaroq zarrachalar asta sekin cho’ka boshlaydi.
Tayoqchaning egilishida vaqt va og’irlik qayd qilinib borilishi natijasida olingan ma’lumotlar tahlil etilib, tog’ jinsining donadorligi aniqlanadi.


Download 422.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling