Amaliy mashg‘ulot №3 tog’ jinslarining donadorlik tarkibini o’rganish


-rasm. Figurovskiy tarozisining umumiy ko’rinishi


Download 422.74 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi422.74 Kb.
#1166443
1   2   3   4
Bog'liq
Donadorlik (1)

3-rasm. Figurovskiy tarozisining umumiy ko’rinishi.
Tomsk politexnika universitetining geologiya va neftgaz ishi institutida tog’ jinslari va burg’ilash eritmalarining tarkibini zarralarning qatlamli sedimentasiyasiga asoslangan yangi uskuna ishlab chiqilgan. U boshlang’ich qatlamdan boshlab zarrachalarning cho’kish tezligini to’g’ridan-to’g’ri o’lchash va cho’kindi yig’iladigan idishda to’plangan cho’kmani og’irligini aniqlashni ta’minlaydi (4-rasm).
Tahlil qilinayotgan namunaning zarralari suyuqlikda doimiy tezlikda cho’kadi, bu o’z navbatida zarralarning o’lchamlari, uni materialining zichligi, suyuqlikning zichligi va qovushqoqligiga bog’liq. Qabul qilish chashkasiga cho’kish jarayonida zarralar yuqori sezgir sistema bilan to’xtovsiz o’lchab boriladi. O’lchovlar ma’lumotlari kompterda vaqtida saqlab boradi.
Kompyuter aloqa bloki orqali signalni tahlil qiladi, vaqtga bog’liq holda cho’kayotgan zarralarning proporsional miqdorini va fizik asoslangan qarshilik qonunlari va approksimatsiya usullariga muvofiq namunaning donadorlik tarkibini hisoblaydi. Zarralar o’lchamlarini hisoblash faqatgina Namunaning umumiy og’irligiga nisbatan har bir o’lchamdagi fraksiyaning foizdagi miqdorini hisoblash kompyuterda bajariladi. Shuning uchun tahlildan avval namunani aniq tortishni talab qilmaydi.

4-rasm. SDM-4 dasturli o’lchash majmuasining sxemasi.
1 – cho’ktirish silindri; 2 – sezuvchi sistema; 3 – mikrosiljishlar o’lchagichi; 4 – cho’kma yig’iladigan idish; 5 – idishga nisbatan o’lchigichni siljitish shtangasi; 6 – sedimentometrni birlashtirish bloki; 7 – server; 8 – displey; 9 – printer.
Sabanin usuli. Tahlil tinch turgan suvda o’rganilayotgan namunani loyqalantirib undagi granulometrik fraksiyalar miqdorini aniqlashdan iborat. Uni qumli, qum-alevritli va alevritli namunalar uchun qo’llash mumkin.
Tahlil uchun diametri 6 sm va balandligi 17 sm bo’lgan stakandan foydalaniladi. Stakanning tubidan 3 sm balandda teshikli tubus bo’ladi. Tubusga suvni to’kish uchun shisha naycha o’rnatiladi (5-rasm). Naycha teshigi joylashgan sath nul sath sanaladi; uning ustida 2 va 10 sm li balandliklar belgilanadi.
Tog’ jinsining 4-5 g og’irlikdagi namunasi chinni hovonchaga solinadi va rezina dastacha bilan yaxshilab eziladi. Keyinchalik tahlil qilishga kirishiladi. Namuna teshigi diametri 0,25 mm li elakdan o’tkazilib (ho’l usulda), boshqa idishga solinadi. Elakda qolgan qismi quritilib, o’lchanadi. Keyinchalik chinni hovonchadagi loyqa suv oz-ozdan stakanga nul sathdan 2 sm balandlikka ko’tarilgancha quyiladi, aralashtirgich yordamida chayqatilib 100 sekunddan so’ng 2 sm li suv qatlamida muallaq zarrachalar qolmagandan so’ng nul sathgacha suv to’kiladi. Shu usulda d<0,01 mm li fraksiya ajratib olinadi.



Download 422.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling