Amaliy mashg’ulot №4


Download 62 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi62 Kb.
#261454
  1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY MASH 4

AMALIY MASHG’ULOT №4

UYM (UNIVERSAL YIG’UV MOSLAMASI) BAZASINI TASHKIL QILISHNI VA TEHNIK IMKONIYATLARINI O’RGANISH.



ISHDAN MAQSAD:

Universal yig’ma moslamalar tuzilishi va konstruktsiyalari bilan ta`minlash. Universal yig’ma moslama elementlari yordamida berilgan detalni o`rnatish va mahkamlash variantini loyihalash hamda bu variant asosida moslamani yig’ishni o`rganish.



KERAKLI ASBOB VA JIHOZLAR


  1. Unversal yig’ma moslama komplekti.

  2. M12-14; M17-19 kalitlar.

  3. Berilgan detal.



NAZARIY MA`LUMOTLAR



Yig’uv moslamalarni turi va vazifalari
Yig’uv moslamalarini uzellarini yig’ishda va umumiy yig’ish ishlarida qullaniladi.

Ular qul yig’uvchini sodda, oson va effektli mexanizatsiyalashgan vositasi xisoblanib, hamda kerakli qushimcha qurilma, oddiy va avtomatlashgan yig’uvchi jixozlari xisoblanadi.

Yig’uv moslamalarni yig’ishni yuqori unumdorligini va qulayligini ta`minlab, aniq, tez o’rnatish va maxkamlashni (biriktiruvchi elementlar) ta`minlaydi.

Yig’uv moslamalari vazifasiga ko’ra universal va maxsus yig’uv moslamalari turlariga bulinadi.

Universal yig’uv moslamalarini yakka va mayda seriyali ishlab-chiqarishda qullanadi. Bularga: plitalar, yig’uv balkalari, prizma va ugolniklar, strubtsina, domkrat va turli yordamchi detal va qurilmalar (klin, vintli prixvatlar) kiradi.

Plita va balkalar-yig’ilayotgan mashina yoki yig’ilayotgan maxsulot uzellarlarini o’rnatib, maxkamlab yig’ishda ishlatiladi. Ularni chuyandan kuyma xolatida tayyorlanadi. Mexaniq ishlov berilgan yuzalariga T - qurinishli pazlar qilinadi. Bu pazlarga yigiluvchi maxsulot korpusi prixvat va boltlar yordamida plitaga maxkamlanadi. Plita va balkalarni pol satxidan 50-100 mm balandlikda tayyorlangan fundamentda kat`iy gorizontal xolatda urnatiladi.

Prizma va ugolniklar - maxsulot uzeli va baza detallarini maxkamlashda ishlatiladi. Ularni urnatuvchi yuzalariga ishlov berilib maxkamlash boltlari uchun chuziqsimon teshiklar yasaladi.

Strubtsina - yig’ilayotgan mashina yoki uzel detallarini vaqtincha yopishtirib ushlab turish uchun ishlatiladi, hamda ba`zi bir yordamchi ishlarni bajarish uchun qullaniladi (pravka, zapressovka, raspressovka).

Domkratlar - ulkan, og’ir detal va uzellarni tug’irlash va ushlab kutarib turish uchun qullaniladi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling