Amaliy mashg’ulot №4


Maxsus yig’uv moslamalari


Download 62 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi62 Kb.
#261454
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY MASH 4

Maxsus yig’uv moslamalari
Maxsus yig’uv moslamalarini ko’pseriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda aloxida yig’uv jarayonlarini bajarishda qullaniladi. Maxsus yig’uv moslamlari 2 ta asosiy turga bulinadi.

1-turga baza detallarini yoki yig’ilayotgan maxsulotlarni uzellari quzgalmas qilib o’rnatib maxkamlanadigan moslamalar kiradi. Bu turdagi moslamalar detalni yig’ish vaqtida kerakli xolatda turg’unligini (ustoychivost) ta`minlaydi va ishchilarni yig’uv ob`ektini yig’ish vaqtida ushlash xolatini ta`minlab turishdan ozod qilib ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.

Bunday moslamalarni konstruktsiyalariga detallarni aniq tug’ri o’rnatish va maxkamlash talabi kuyilmaydi: yig’ilayotgan detallarni moslamaga Kesish kuchi detalni yig’uv jarayoni vaqtida kuch va momentlar ta`sirida siljishga yul kuymaslik darajasida bo’lishi kerak.

Yig’uvchilarga yig’ish jarayonini bajarishlari vaqtida qulaylik tugdirish maqsadida ularni ko’pincha kayta yigiladigan qilib tayyorlanadi. Baza detallarini va uzellarni maxkamlangan moslamlar bir va ko’pjoyli qilib tayrlanadi.

Bir joyli - yig’uv moslama bir yigiladigan maxsulotni maxkamlash uchun ishlatiladi.

Ko’p joyli - moslamalar yig’uvchilarni maxsulotni o’rnatishga sarflaydigan yordamchi vaqtnи kiskartirib mexnat unumdorligini oshiradi. Bu moslamalarda texnolog jarayonlar parallel yoki ketma-ket xolda bajariladi. Bu moslamalar barcha detallarni bir xilda va tez maxkamlashni ta`minlashi kerak. Pnevmo uzatmali yig’uv moslamalari bu talabga javob beradi.

Yuqoridagi turdagi yig’uv moslamalari statsionar va kuchma kurinishlarda bo’lishi mumkin.

Statsionar moslamalarni dastgoh stendida yoki verstaklarda urnatiladi.

Kuchma moslamalar telejkalarda yoki konveyer plitasida urnatiladi.

Kichik ulchamli yoki engil detallarni yig’ilayotgan bu moslamalarni konveyer yon tarafida joylashgan verstaklarga konveyerdan olib quyib yig’uv jarayonini bajargandan keyin yana uz urniga kuyish va boshka jarayonga uzatish mumkin. Bu xolatda konveyer yig’ilayotgan maxsulotni moslama bilan birgalikda tashuvchi vazifasini bajaradi.

Avtomatik ravishda yig’ishda bu moslamalar baza detallarini aniq o’rnatishni ta`minlashi kerak. Bunda moslamalarda yig’uv ishlari oxirda maxsulotni moslamadan olish qurilmasi urnatilgan bo’lishi kerak.

2 - turdagi moslamalarga maxsulot qismi yoki yig’ilayotgan biriktiruvchi detallarni aniq xatosiz ravishda tez urnatuvchi moslamalar kiradi. Bu moslamalarni qullashda Yig’uvchilar biritiruvchi detallarni uzaro xolatini ta`minlab maxkamlashda ozod buladilar, bu funktsiyani moslamalar avtomatik ravishda bajaradilar. Bunda moslamalarni payvandlash, parchalash, elimlash, razvaltsovka, rezbali va boshka Yig’uv jarayonini avtomatlashtirishda katta rol' uynaydi.

Yuqorida keltirlgan moslamalar bilan birgalikda mashinasozlikda yig’iluvchi, egiluvchi elementlarni deformatsiyalash (prujina, ressor, kesilgan kol'tsa) moslamalari qullaniladi, hamda birikmalarini kuch ostida natyat bilan biriktirish, hamda yig’ish vaqtida katta kuch ta`siri talab qilinadigan jarayonlarda qullaniladi. Bu turdagi moslamalar yig’uvchilar mexnatini engillatib, ishlab-chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu moslamalarni xarakatga keltirish kuchaytirgich bilan birgalikda qul yordamida amalga oshiriladi yoki kuch uzatmalari (pnevmo, gidro yoki elektr uzatmalar) yordamida amalga oshiriladi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling