a
|
b
|
v
|
|
|
|
7-rasm. Litologik ekranlangan uyumlar.
a-tabaqalar kо‘tarilishi bо‘yicha kollektor jinslarning qiyiqlanish maydonlari bilan bog‘liq; b-о‘tkazuvchan jinslarning о‘tkazmas jinslar bilan aralashishi bilan bog‘liq; v-asfalt bilan tо‘silgan.
|
Litologik chegaralangan uyumlar qadimgi daryolar о‘zanida hosil bо‘lishi mumkin (yengsimon uyumlar), undan tashqari dengizning qirg‘oq qismida valsimon yotqiziqlarning bir qismida yoki atrofi gillar bilan о‘ralib qolgan qum linzalarda hosil bо‘lishi mumkin. Bunday uyumlar Farg‘ona vodiysidagi neogen yotqiziqlarida kо‘plab uchraydi. Ularning tasnifi va holatlarini Z.M.Mashrabov va boshqalar kо‘p tahlil qilganlar (8-rasm).
Stratigrafik turdagi uyumlar. Stratigrafik turdagi uyumlar aksariyat kollektor qatlamlar tuzilmasining yuvilib ketishi va uning ustiga yosh tog‘ jinslarini stratigrafik normuvofiqlar bilan yotishi natijasida hosil bо‘ladi. Stratigrafik sinf uyumlari antiklinal, gumbazsimon va monoklinal tuzilmalarda ham kuzatiladi (9-rasm).
Neft va gaz uyumlarining yuqorida keltirilgan tasnifi neft va gaz geologiyasi fanlarining hozirgi rivojlanish bosqichida Yer qobig‘ining neftgazliligini bashoratlashga gidrodinamik yondoshishga asosan A.A.Abidov tomonidan tо‘ldirilib qayta ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |