Amaliy mashg‘ulot №6 Neft va gaz uyumlarining genetik turlari Ishdan maqsad


Download 1.69 Mb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1623963
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulott


AMALIY MASHG‘ULOT №6
Neft va gaz uyumlarining genetik turlari
Ishdan maqsadamaliy mashg‘ulotda talabalar neft va gaz uyumi tushunchasi haqida ma’lumotga ega bо‘ladilar, hamda uyumlarning paydo bо‘lishi, elementlari va tasnifi haqida ma’lumot oladilar.
Neft va gaz uyumi – neft va gazning о‘tkazuvchan – g‘ovak va darzli kollektorlardagi alohida tabiiy tо‘plamidan iborat. Uyum tabiiy saqlagichning neft va gazni haydovchi kuchlar bilan unga qarshilik kо‘rsatuvchi kuchlar tenglashgan qismida hosil bо‘ladi. Uyumning shakli va о‘lchamlari tutqichning shakli va о‘lchamlariga bog‘liq.
Neft va gaz uyumlarining elementlari. Neft va gaz uyumlarida bir nechta elementlar ajratiladi. Gaz va neftь, neft va suv chegarasi yuzalari gazneft va suvneft chegarasi yuzasi deb yuritiladi. Suvneft (gazneftь) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamni ustki yuzasining kesishish chizig‘i tashqi neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Agar chegara yuzasi gorizantal bо‘lsa, neftlilik (gazlilik) konturi rejada qatlamning ustki yuzasi izogipslari bilan paralel bо‘ladi. Neft – suv (gaz-neftь) chegarasi qiya bо‘lganda esa neftlilik (gazlilik) konturi tuzilma xaritasida qatlamni ustki yuzasi izogipslarini kesib о‘tadi.
Suvneft (gazneftь) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ostki yuzasining kesishishidan hosil bо‘lgan chiziq ichki neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi (1-rasm). Massiv tabiiy saqlagichlardagi uyumlarda ichki konturlar mavjud bо‘lmaydi (2-rasm).





1-rasm. Gumbazsimon uyum.
1 – ichki gazlilik konturi; 2 – tashqi gazlilik konturi;
3 – ichki neftlilik konturi; 4 – tashqi neftlilik konturi.

2-rasm. Massiv uyum.
1 – tashqi gazlilik konturi;
2 –tashqi neftlilik konturi.

Uyum neft va gazdan iborat bо‘lib, undagi neftning egallagan hajmi gazga nisbatan ancha katta bо‘lsa bunday uyumlar gaz shapkali neft uyumi deb yuritiladi. Agar uyumda neft gazga nisbatan juda kam bо‘lsa, u holda neft xoshiyali gaz uyumi deyiladi. Kо‘pchilik hollarda yer qarida suv bilan bevosita chegaralangan gaz uyumi yoki gaz tо‘plami mavjud bо‘lmagan neft uyumlari uchraydi.


Uyumning uzunligi, kengligi va maydoni uning ichki – tashqi neftlilik (gazlilik) konturlarini gorizontal tekislikdagi proyeksiyasiga qarab aniqlanadi. Uyumning balandligi uning ostki yuzasi bilan eng yuqori nuqtasigacha bо‘lgan vertikal masofadan iborat.
Neft va gaz uyumlari tasnifi. Har xil turdagi neft va gaz uyumlarining tasnifini tuzish bо‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida I.O.Brod, N.A.Yeremenko, N.Y.Uspenskiy, A.A.Bakirovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflar tahsinga loyiq. A.A.Bakirovning tutqichlar hosil bо‘lishining ososiy xususiyatlarini hisobga olib tuzgan tasnifiga muvofiq lokal neft va gaz tо‘plamlarining tо‘rtta sinfi ajratiladi. Bular tuzilmali uyumlar, stratigrafik uyumlar, litologik uyumlar va rif uyumlari.
Tuzilmali uyumlar. Antiklinal tuzilmali uyumlar alohida antiklinalga mansub bо‘lib, yer bag‘rida ular uzilma bilan buzilgan holda ham uchraydi. Gumbazli uyum, antiklinal tuzilmaning gumbaz qismiga joylashgan bо‘lib, uzilmasiz bо‘lishi mumkin, ba’zan esa uzilma о‘tgan bо‘lishi mumkin, hamda diapir hodisasi bо‘lishi mumkin yoki loyli vulqon, tuz gumbaziga mansub bо‘lishi mumkin (3-rasm).







Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling