Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi


Download 30.02 Kb.
bet3/8
Sana10.10.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1697060
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu gidrotexnik beton haqida ma’lumot. I-fayllar.org

Betonning sovuqqa chidamliligi deganda, suvga to'yingan holatda uning ma'lum marta (sikl) muzlash va erishga mustahkamligi va hajmining o'zgarishi ruxsat qilingan oraliqdan ko'p bo'lmaganda, bardosh berish qobiliyati tushuniladi. Og'ir va gidrotexnik betonlar uchun mustahkamlik kamayishi 15% gacha ruxsat qilinadi. Ya'ni ma'lum marta (sikl) muzlash va erighga bardosh bergan va mustahkamligi 15% dan kamaymagan beton namunalar sovuqqa chidamlilik bo'yicha loyihadagi markaga loyiq deb qaraladi.

Gidrotexnik betonning sovuqqa chidamliligi chidamlilik bo'yicha mar-kasini sina:h uchun qo'llanilgan beton namunalarning muzlash va erish sikllariga bardoshiga va bunda ularning massasi va mustahkamligi o'zgarishi miqdoriga qarab belgilanadi. Bunda beton namuna massasi 5% dan ortiq kamaymasligi lozim.


3.2-jadval Portland-sementli betonlar mustahkamligining vaqt bo'yicha o'sishi

Betonning yoshi, kun


Siqilishga mustahkamlik chegarasi nisbiy ko'rsat-kichi, %


Betonning yoshi, yil


Siqilishga mustah­kamlik chegarasi nisbiy ko'rsatkichi, %


7

60-70

1

175

28

100

2

200

90

125

4

225

180

150

5

225

Betonning muzlash paytidagi yemirilish notekisligi qatlamma-qatlam soviyotgan sirtga parallel ravishda kechadi. Ko'p martali muzlatishda beton ichida muz linzalari yoki do'ngliklari paydo bo'ladi va g'ovaklar (mikrog'ovaklar) ichida, muz hajmining 10% gacha oshishidan yuqori bosim hosil qilinadi. Shunday qilib, betonning yemirilishi muz kristallarining g'ovakchalar devorlari sirtiga perpendikular ravishda yo'nalgan va betonning muz paydo bo'lgan qismi mustahkamlik chegarasi kuchlanishidan ham katta bo'lgan bosim kuchi ta'siri natijasida sodir bo'ladi.

Betonning sovuqqa chidamliligiga g'ovakliligi va kovakchalarining katta-kichikligi ta'sir ko'rsatadi. Katta g'ovakli, ayniqsa6 to'yinish jarayonida suv harakat qiladigan tutash kovakchalari bo'lgan betonlar sovuqqa chidam-sizdir. Mikro kovakchalarda juda past haroratda (minus 50 — 60°C gacha) ham suv muzlamaydi. Shu sababli kam g'ovakli betonlar sovuqqa chi­damli bo'ladi. Ularda siqilib qolgan havo hosil bo'layotgan muz hajmining kompesatori bo'lib xizmat qiladi.
Ko'p jihatdan betonning sovuqqa chidamliligi uning zichligiga, qo'llanilayotgan sement va to'ldirgichlar turiga bog'liq. Beton strukturasida g'ovaklik nisbiy hajmi qancha kam bo'lsa, uning sovuqqa chidamliligi shuncha yuqori bo'ladi. Sovuqqa chidamliligi bo'yicha yuqori markadagi beton olish uchun suv sement nisbatini va suv sarfini maksimal mumkin bo'lgan ko'rsatkichgacha kamaytirish lozim, sababi — shu ko'rsatkichlar, asosan, kapJlar g'ovaklik hajmiga ta'sir qiladi. Tarkibida juda kam (og'irligi bo'yicha 5% dan ko'p bo'lmagan) S3A bo'lgan sementlar betonning yuqori darajadagi sovuqqa chidamliligini ta'minlaydi. Shlak va putssolon portland-sementli betonlar sovuqqa yetarli darajada chidamli. Gidrotexnik beton­ning sovuqqa chidamliligini oshirish maqsadida sirt aktiv moddalar qo'llash ham muhim hisoblanadi.



Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling