Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi


-jadval Sovuqqa chidamlilikni tezlashtirilgan usulda aniqlash ko'rsatkichlari


Download 30.02 Kb.
bet5/8
Sana10.10.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1697060
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu gidrotexnik beton haqida ma’lumot. I-fayllar.org

3.3-jadval Sovuqqa chidamlilikni tezlashtirilgan usulda aniqlash ko'rsatkichlari

Sovuqqa chidamlilik bo'yicha kutilgan stan­dart marka


F50

F100

F150

F200

F300

F400

- 50°C haroratda na-munalarni muzlatish va eritish sikllari soni


5

5valO

10val5

20 va 30

30 va 50


50 va 80


Ekvivalent yoshdagi betonning siqilishdagi chidamliligi 28, 45, 60, 90 va 180 kunlik yoshdagi mustahkamlikning o'sish grafigi bo'yicha aniqlanadi.

Betonning sovuqqa chidamliligini qoldiq deformatsiyalarning to'planishi bo'yicha tezlashtirilgan usul yordamida aniqlash beton namunalarini sovuqqa chidamlilikka sinash jarayonini asosiy usulga qaraganda 5—10 baravar tezlashtirish imkonini beradi.

Suv o'tkazmaslik. Gidrotexnik betonning suv o'tkazmasligi beton namunalardan suv sizib chiqmagandagi ta'sir qilayotgan eng katta bosim bilan o'lchanadi (MPa). COST talablari bo'yicha betonning suv o'tkazmaslik ko'rsatkichi diametri va balandligi 15 sm bo'lgan silindrik namunalarda tekshiriladi. Silindrik namunalar maxsus metall qoliplarda 6 dona qilib, kub namunalar tayyorlangan beton qorishmasidan, qatlam-qatlam shibbalash yoki vibratsiya yordamida zichlab tayyorlanadi. Tayyor silindrik namunalar, temperaturasi ± 20° va nisbiy namligi 95% dan kam bo'lmagan, normal qotish kameralarida saqlanadi. Sinovlar o'tkazish uchun tayyor beton silindr namunalari diametri 155 va balandligi 150 mm bo'lgan metall qoliplarga solinadi va qolip bilan na'muna yonlari orasidagi zazor eritilgan zichlovchi material (bitum, parafin) bilan quyiladi. Zichlovchi material quyish oldidan qolip zichlovchi material haroratigacha qizdiriladi. Silindr namuna ko'ndalang yuzalari zichlovchi material qoldiqlari va se­ment plyonkasidan yaxshilab tozalanadi. Qolipdagi silindr namunalar suv o'tkazmaslikni sinash qurilmasi maxsus uyasiga o'rnatiladi va yaxshilab mahkamlab qo'yiladi. Sinash uchun suv silindr na'munaning pastki qismidan beriladi va berilgan bosimdagi suvning silindr yuqorigi qismidan sizib chiqish vaqti kuzatiladi. Sinash uchun yasalgan 6 dona beton silindrda suv bosimi, pog'onali ravishda 0,1 MPa dan boshlab, har 8 soatdan (pog'onasi 0,1 MPa dan) oshirilib boriladi. Sinash davomida silindr namunaning ustki qismida suv tomchisi paydo bo'lsa, suv bosimini oshirish to'xtatiladi va shu bosim qayd qilinadi. Bunda betonning suv o'tkazmaslik bo'yicha markasini belgilash uchun esa, 6 dona silindr namunasining 4 donasi tepasida suv sizishi kuzatilmagan bo'lishi kerak.
Suv o'tkazmaslik ko'rsatkichi bo'yicha beton quyidagi markalarga (kg/sm2) ajratiladi W2, W4, W6, W8, W10, W12, W16, W18, W20.



Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling