Amaliy mashg‘ulot №9 Mavzu: Pokovka og‘irligini va tannarxini hisoblash. Ishdan maqsad


Download 323 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi323 Kb.
#1609882
  1   2


Amaliy mashg‘ulot № 9 
Mavzu: Pokovka og‘irligini va tannarxini hisoblash. 
Ishdan maqsad: Pokovkani og‗irligi va tannarxini va geometrik parametrlarini 
o‗rganish. 
Nazariy ma’lumotlar 
Metallarni hajmiy shtamplashda foydalaniladigan asboblarga shtamp 
deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po‗latlarning 5ХНВ, 5ХНМ, 5АТМ, 
ЗХ2В9Ф va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o‗tadi. 
Ularning shakli, o‗lchamlari pokovkalar tashqi shakli va o‗lchamiga juda 
yaqin bo‗ladi. SHtamplar konstruktsiyasiga ko‗ra ochiq va yopiq xillarga ajratiladi. 
Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida olinuvchi pokovka tashqi konturi bo‗ylab 
o‗yig‗i bo‗lib, u bilan bog‗langan tor pitr ariqchasi bo‗ladi. Bu xil shtamplarda 
zagotovkalarni shtamplashda shtamp o‗yig‗idan ortiqcha bo‗lgan metall tor ariqcha 
orqali pitr magaziniga o‗tib pitr hosil bo‗ladi. U keyin kesib tashlanadi. 
Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezrok sovushida bir tomondan 
metallni pitr magaziniga o‗gishiga ko‗rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o‗yig‗ini 
metall bilan to‗larok to‗lishiga ko‗maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini 
bir-biriga urilishidan saklaydi. Pitr arikcha konstruktsiyasi va o‗lchami pokovka 
materialiga, shakliga, o‗lchamlariga va boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq. Odatda, 
pitr massasi pokovka massasining 10—20 foizi oralig‗ida bo‗ladi. SHuni qayd 
etish joizki, bu usulda ma‘lum hajmli metall chiqindiga o‗tsa ham pokovkani olish 
jarayoni birmuncha osonlashadi. 
Yopiq shtamplarda pitr ariqchasi bo‗lmay, ajralish yuzalari murakkab 
tekisliklar bo‗yicha o‗tib, o‗zaro kulflanadi. SHtamplashda esa metall yopiq 
o‗yiqda deformatsiyalanadi. SHu sababli bu shtamplarda olinadigan pokovka 
massasi zagotovka massasiga teng bo‗lishi kerak. Bu shtamplarda shtamplab 
pokovkalar olishda metall tejalsada, shtamp konstruktsiyasi murakkabdir. 
Temirchilik tsexlarida pokovkalar olishda yuqorida qayd etilgan qator afzalliklarga 
qaramay, amalda ko‗proq ochiq shtamplardan keng foydalaniladi. 
Metallarni erkin bolg‗alashda ko‗rilganidek, shtamplashda ham pokovka 
chizmasini loyihalashda detalь chizmasi asosida uning shaklini iloji boricha 
soddalashtirib, qo‗yim, nominal o‗lchamlar dopusklari, qoldirmalar, shuningdek
qizdirilgandagi kirishuv kiymatlari hisobiga pokovka hajmi (1,2—1,5 foiz) 
orttiriladi. Agar detalda teshik bulsa, u belgilanib, kesiluvchi parda qalinligi ham 
ko‗rsatiladi. 
Zagotovkaning shtamp o‗yig‗iga osonroq o‗tishi va pokovkaning undan 
oson ajratilishi uchun shtamp o‗yig‗ining kichik bo‗lishi, ajralish tekisligining 
oddiy sirt buyicha bir yuzadan ikkinchi yuzaga o‗tmas burchak bo‗yicha o‗tishi, 
shtampning ustki va pastki konturlari teng bo‗lishi, yondoshgan yuza devor 


qalinliklari keskin farqlanmasligi, shtamplashda metallning pastga qaraganda 
yuqoriga osonroq oqib o‗tishi va boshqa talablarga alohida ahamiyat berish lozim 
(9.1-a.rasm). 
Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o‗yiqli shtamplarda, murakkab 
shakllilari ko‗p o‗yiqush shtamplarda olinadi. 9.1-b.rasm. Msisol sifatida 
pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtampda olish ko‗rsatilgan, ko‗p o‗yiqli shtamplarning 
o‗yiqlari odatda cho‗zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni 
bajaradi. Shunga ko‗ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o‗yiqlarga ajratiladi. 
Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o‗yig‗i uning tashqi shakliga va o‗lchamiga mos 
bo‗ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga uyiq hajmi biroz kattaroq 
qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtamplarda olish 
iqtisodiy jihatdan ma‘qulrokdir. 
Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o‗yiqli shtamplarda, murakkab 
shakllilari ko‗p o‗yiqush shtamplarda olinadi. 9.1-b.rasm. Msisol sifatida 
pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtampda olish ko‗rsatilgan, ko‗p o‗yiqli shtamplarning 
o‗yiqlari odatda cho‗zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni 
bajaradi. Shunga ko‗ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o‗yiqlarga ajratiladi. 
Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o‗yig‗i uning tashqi shakliga va o‗lchamiga mos 
bo‗ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga uyiq hajmi biroz kattaroq 
qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtamplarda olish 
iqtisodiy jihatdan ma‘qulrokdir. 
9.1-rasm. Pokovkalar konstruktsiyasini belgilash sxemasi. 
9.1-rasm, b da ko‗p o‗yiqli shtampda tsilindrik zagotovkadan shatun 
pokovkasi olishga misol keltirilgan. Rasmdagi ishlov ketma-ketligiga qaralsa, 
zagotovka avvaliga shtampning o‗tish o‗yig‗iga o‗tkazilib chiziladida, keyin ayrim 
joyini yumaloqlash joyi o‗yig‗i 2 ga o‗tkazib ishlanadi, so‗ngra shakl berish 
o‗yig‗ida va oxiri uzil-kesil ishlash o‗yig‗i 4 da ishlanadi. 


Pokovka og‗irligi quyidagi tartibda hisoblanadi: 
 
G
d
– detal massasi, kg. 
G
nq
– zagotovkadagi nuqsonli qatlam massasi, kg (nuqsonli qatlam asosan 
zagotovka quyma usulda olingandagina hisoblanib, quyma og‗irligining 14-30 
%ini tashkil etadi). 
G
kq
– qizdirish vaqtida kuyib ketadigan qatlam massasi, kg (pokovka 
massasining 2-3%i miqdoriga teng bo‗ladi). 
G
tk
– texnologik jarayonda kesib olib tashlanadigan qatlam massasi, kg (oddiy 
shakilli detallar uchun 5-10 %, murakkab shakilli detallar uchun 10-30 % atrofida 
olinadi). 

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling