Amaliy mashg‘ulot №9 Mavzu: Pokovka og‘irligini va tannarxini hisoblash. Ishdan maqsad
Download 323 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
Amaliy mashg‘ulot № 9 Mavzu: Pokovka og‘irligini va tannarxini hisoblash. Ishdan maqsad: Pokovkani og‗irligi va tannarxini va geometrik parametrlarini o‗rganish. Nazariy ma’lumotlar Metallarni hajmiy shtamplashda foydalaniladigan asboblarga shtamp deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po‗latlarning 5ХНВ, 5ХНМ, 5АТМ, ЗХ2В9Ф va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o‗tadi. Ularning shakli, o‗lchamlari pokovkalar tashqi shakli va o‗lchamiga juda yaqin bo‗ladi. SHtamplar konstruktsiyasiga ko‗ra ochiq va yopiq xillarga ajratiladi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida olinuvchi pokovka tashqi konturi bo‗ylab o‗yig‗i bo‗lib, u bilan bog‗langan tor pitr ariqchasi bo‗ladi. Bu xil shtamplarda zagotovkalarni shtamplashda shtamp o‗yig‗idan ortiqcha bo‗lgan metall tor ariqcha orqali pitr magaziniga o‗tib pitr hosil bo‗ladi. U keyin kesib tashlanadi. Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezrok sovushida bir tomondan metallni pitr magaziniga o‗gishiga ko‗rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o‗yig‗ini metall bilan to‗larok to‗lishiga ko‗maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini bir-biriga urilishidan saklaydi. Pitr arikcha konstruktsiyasi va o‗lchami pokovka materialiga, shakliga, o‗lchamlariga va boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq. Odatda, pitr massasi pokovka massasining 10—20 foizi oralig‗ida bo‗ladi. SHuni qayd etish joizki, bu usulda ma‘lum hajmli metall chiqindiga o‗tsa ham pokovkani olish jarayoni birmuncha osonlashadi. Yopiq shtamplarda pitr ariqchasi bo‗lmay, ajralish yuzalari murakkab tekisliklar bo‗yicha o‗tib, o‗zaro kulflanadi. SHtamplashda esa metall yopiq o‗yiqda deformatsiyalanadi. SHu sababli bu shtamplarda olinadigan pokovka massasi zagotovka massasiga teng bo‗lishi kerak. Bu shtamplarda shtamplab pokovkalar olishda metall tejalsada, shtamp konstruktsiyasi murakkabdir. Temirchilik tsexlarida pokovkalar olishda yuqorida qayd etilgan qator afzalliklarga qaramay, amalda ko‗proq ochiq shtamplardan keng foydalaniladi. Metallarni erkin bolg‗alashda ko‗rilganidek, shtamplashda ham pokovka chizmasini loyihalashda detalь chizmasi asosida uning shaklini iloji boricha soddalashtirib, qo‗yim, nominal o‗lchamlar dopusklari, qoldirmalar, shuningdek, qizdirilgandagi kirishuv kiymatlari hisobiga pokovka hajmi (1,2—1,5 foiz) orttiriladi. Agar detalda teshik bulsa, u belgilanib, kesiluvchi parda qalinligi ham ko‗rsatiladi. Zagotovkaning shtamp o‗yig‗iga osonroq o‗tishi va pokovkaning undan oson ajratilishi uchun shtamp o‗yig‗ining kichik bo‗lishi, ajralish tekisligining oddiy sirt buyicha bir yuzadan ikkinchi yuzaga o‗tmas burchak bo‗yicha o‗tishi, shtampning ustki va pastki konturlari teng bo‗lishi, yondoshgan yuza devor qalinliklari keskin farqlanmasligi, shtamplashda metallning pastga qaraganda yuqoriga osonroq oqib o‗tishi va boshqa talablarga alohida ahamiyat berish lozim (9.1-a.rasm). Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o‗yiqli shtamplarda, murakkab shakllilari ko‗p o‗yiqush shtamplarda olinadi. 9.1-b.rasm. Msisol sifatida pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtampda olish ko‗rsatilgan, ko‗p o‗yiqli shtamplarning o‗yiqlari odatda cho‗zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni bajaradi. Shunga ko‗ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o‗yiqlarga ajratiladi. Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o‗yig‗i uning tashqi shakliga va o‗lchamiga mos bo‗ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga uyiq hajmi biroz kattaroq qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtamplarda olish iqtisodiy jihatdan ma‘qulrokdir. Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o‗yiqli shtamplarda, murakkab shakllilari ko‗p o‗yiqush shtamplarda olinadi. 9.1-b.rasm. Msisol sifatida pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtampda olish ko‗rsatilgan, ko‗p o‗yiqli shtamplarning o‗yiqlari odatda cho‗zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni bajaradi. Shunga ko‗ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o‗yiqlarga ajratiladi. Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o‗yig‗i uning tashqi shakliga va o‗lchamiga mos bo‗ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga uyiq hajmi biroz kattaroq qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko‗p o‗yiqli shtamplarda olish iqtisodiy jihatdan ma‘qulrokdir. 9.1-rasm. Pokovkalar konstruktsiyasini belgilash sxemasi. 9.1-rasm, b da ko‗p o‗yiqli shtampda tsilindrik zagotovkadan shatun pokovkasi olishga misol keltirilgan. Rasmdagi ishlov ketma-ketligiga qaralsa, zagotovka avvaliga shtampning o‗tish o‗yig‗iga o‗tkazilib chiziladida, keyin ayrim joyini yumaloqlash joyi o‗yig‗i 2 ga o‗tkazib ishlanadi, so‗ngra shakl berish o‗yig‗ida va oxiri uzil-kesil ishlash o‗yig‗i 4 da ishlanadi. Pokovka og‗irligi quyidagi tartibda hisoblanadi: G d – detal massasi, kg. G nq – zagotovkadagi nuqsonli qatlam massasi, kg (nuqsonli qatlam asosan zagotovka quyma usulda olingandagina hisoblanib, quyma og‗irligining 14-30 %ini tashkil etadi). G kq – qizdirish vaqtida kuyib ketadigan qatlam massasi, kg (pokovka massasining 2-3%i miqdoriga teng bo‗ladi). G tk – texnologik jarayonda kesib olib tashlanadigan qatlam massasi, kg (oddiy shakilli detallar uchun 5-10 %, murakkab shakilli detallar uchun 10-30 % atrofida olinadi). Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling