Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

Klinik manzarasi. Parotit infektsiyasida yashirin davr 12- 26 kunni tashkil 
qiladi. Kamdan kam xollarda bu davr 26 kungacha cho’zilishi yoki 9 kungacha 
qisqarishi mumkin.
Klinik belgilari kasallikning turiga bog’liq bo’ladi. Rasman qabul qilingan 
klassifikatsiyaga ko’ra (N.I.Nisevich 1973) kasallikning tipik va atipik turlari 
ajratiladi. 
Tipik turiga faqat bezli a’zolarni (quloq oldi, oshqozon osti, tuxumlar) 
shikastlanishi bilan o’tuvchi – bezli turi, MNS ni chegaralangan shikastlanish (serozli 
meningit, meningoentsefalit) bilan o’tuvchi- asabli turi, MNS va bezli a’zolarni yoki 
shikastlovchi (serozli meningit Q parotit yoki submaksillit Q pankreatit Q 
meningoentsefalit) mushtarak turi kiradi. 
Atipik turlaridan o’ta engil turi va subklinik turi farqlanadi.
O’ta engil (bilinar- bilinmas) turi kasallik belgilarini o’ta engil namoyon
bo’lishi bilan guruxlanib, shu sababli o’z vaqtida aniqlanmay qoladi. Bolalar shikoyat 
qilmaydilar, tana xarorati me’yorida yoki subfebril bo’ladi. Quloq oldi bezlarida bir 
oz shish bo’lib, ba’zida u aniqlanmay qoladi. Jarayon asosan boshqa a’zolarda 
minimal o’zgarishlar bo’lishi yoki mutloq bo’lmasligi mumkin. 
Subklinik turini klinik belgilari bo’lmaydi. Ularni diagnozi serologik 
reaktsiyalar bilan asoslanadi qonda Ig M sinfiga mansub maxsus antitelalar titri 
ortadi. Subklinik yoki simptomsiz turi parotit infektsiyasi bilan kasallanish uchragan 
bolalar jamoalarida aniqlanadi. Bu xollarda ularni ko’lami ancha ko’p bo’ladi. Ayrim 
mualliflarning ma’lumotlari bo’yicha subklinik turga 20% dan 40% gacha uchraydi. 
Tipik turlari og’irligi bo’yicha engil, o’rta og’ir va og’ir bo’ladi. Xamma atipik 
turlar kasallikni engil turi xisoblanadi. Klassifikatsiyada kasallikni og’irlik mezonlari: 
umumiy zaxarlanish belgilari (tana xaroratini ko’tarilishi, takroriy qayd qilish, bosh 
og’rig’i) va bezli a’zolarni shikastlanish darajalari inobatga olish tavsiya etiladi. 
Kasallikni og’ir engilligini xisobga olgan xolda, bemorga zaxarlanish belgilari 
kuchsiz bo’lsa, tana xarorati 37-38,5
0
S atrofida bo’lsa, bezli a’zolar biroz shishsa 
kasallikni engil turini tashxislash mumkin. 
O’rta og’ir turida zaxarlanish belgilari ancha yaqqol bo’ladi: bosh og’rig’i, qayt 
qilish, 39,5 – 40
0
S darajasida xaroratning ortishi kuzatiladi. Kuplab bezli a’zolarning 
va MNSni shikastlanishi kuzatiladi (pankreatit, orxit, serozli meningit). 
Og’ir turida teri giperemiyasi, uyquchanlik, yoki qo’zg’olish xushning 
yo’qolishi kuzatiladi. Ko’p xollarda boshqa bezli a’zolarni: tuxumlar, oshqozon osti 
bezi shikastlanadi. Ayniqsa meningoentsefalit kasallikning o’ta og’ir ko’rsatkichi 
bo’lib xisoblanadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling