Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
Parotit yuqumli kasalligi
Parotit yuqumli kasalligi (epidemik parotit, tepki) bolalarning o’tkir yuqumli kasalligi bo’lib, viruslar tomonidan chaqiradi, xavo – tomchi yo’li bilan yuqadi, asosan so’lak bezlarini qisman boshqa bezli a’zolarni (oshqozon osti bezi, tuxumlarni, ko’krak bezlari va boshkalar) va asab tizimini shikastlanishi bilan izoxlanadi. Uzoq vaqtlar bu kasallikni so’lak bezlarining maxalliy yallig’lanishi deb qaralgan. 1384 yili A.D. Romanovskiy kasallikni asab turi borligini aniqladi. Zamonaviy qarashlarga ko’ra, parotit yuqumli kasalligi so’lak bezlarini birlamchi shikastlovchi umumiy yuqumli kasallik deb qaralmog’i kerak. Etiologiyasi: Kasallik paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslar tomonidan chaqiriladi. Virus bo’lakchalari matriks oqsil (M), ikki qavat lipidlar va tashqi glikoproteid qavatdan iborat qobiq bilan o’ralgan bir zanjirli RNK ushlaydilar. Qobiq tarkibiga gemagglyutininlar, gemolizin va neytraminidaza kiradi. Parotit virusini antigen tizimi turg’un bo’lib, uning antigen variantlari yo’q. Virus tovuq embrioni, maymunlar, xujayralarida dengiz kalamushi to’qimalarida, shuningdek tovuq embrioni va yapon bedanalarini fibroblastlarida yaxshi ko’payadi. Laborator xayvonlar ichida maymunlar ancha sezgir xisoblanadi. So’lak bezlari yo’liga virus saqlovchi material yuborilganda maymunlarda parotit infektsiyasini tipik klinik manzarasi namoyon bo’ldi. Zaxarlanish belgilari, so’lak bezlarini kattalashuvi kuzatilib, virus so’lak bezlari va so’lakda kasallikni birinchi kunlari aniqlanadi, qonda esa maxsus antitelalar paydo bo’ladi. Keyincharoq javoblarda turg’un immunitet rivojlanadi. Xayvonlarda tug’ma parotit infektsiyasini rivojlanish mumkinligi xaqida ma’lumotlar bor. Urg’ochi kalamushlarga parotit infektsiyasi virusi yuqtirilganda, ularni xomilasida entsefalit, gidrotsefaliya, zotiljam shaklida infektsion jarayon rivojlanadi. Parotit virusi tashqi muxitga chidamli xisoblanadi. 1% lizol, 2% li formalin ta’sirida inaktivatsiya bo’ladi, 18-20 0 S da virus bir necha kun, undan pastroq xaroratda -6-8 oygacha saqlanadi. Patogenez. Og’iz bo’shlig’i xalqum, nafas yo’llari shilliq qavatlari qo’zg’atuvchini kirish darvozasi va uni birlamchi joylashadigan qismi xisoblanadi. So’ngra virus qonga o’tadi (birlamchi virusemiya) va butun organizmga tarqalib, gematogen yo’l bilan so’lak bezlariga va boshqa bezli a’zolarga tushadi. Virusni so’lak bezlariga so’lak yo’li bilan tushuvi xaqidagi mavjud fikrlar noto’g’ri deb xisoblasa bo’ladi. Virusni eng yaxshi ko’rgan joyi so’lak bezlari bo’lib, shu joyda virus ko’payadi va to’planadi. Virusni so’lak bilan ajralishi uni xavo – tomchi yo’li bilan tarqalishini ta’minlaydi. Birlamchi virusemiya xar doim xam klinik belgilarga ega bo’lmaydi. Keyingi virusni katta miqdorini shikastlangan bezlardan ajratilishi (ikkilamchi virusemiya) ko’p a’zolar va tizimlarni: MNS, oshqozon osti bezi, jinsiy bezlar va boshqalarni shikastlanishiga sabab bo’ladi. U yoki bu a’zolarni shikastlanishini klinik belgilari kasallikni dastlabki kunlari, bir vaqtda yoki birin ketin paydo bo’ladi. Ko’zg’atuvchini qancha takroran tushishi natijasida virusemiyaning saqlanishi bu simptomlarni kech namoyon bo’lishini sababi xisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling