Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

Diagnostika. So’lak bezlari shikastlangan tipik xollarda diagnoz tipik 
bo’lmaydi. Parotit infektsiyasini atipik turlarida yoki turli a’zolarni so’lak bezlarisiz 
shikastlanishida diagnoz qo’yish bir oz murakkablashadi. Bu xollarda epidemiologik 
anamnezni- oilada va bolalar jamoalarida kasallik aniqlanganligi katta axamiyat kasb 
etadi.
Qonning umumiy taxlili parotit infektsiyasida muxim o’rin tutmaydi. Odatda 
qonda leykopeniya kuzatiladi. IFA usuli bilan taxlil qilinganida qonda faol o’tuvchi 


infektsion jarayonni anglatuvchi Ig M sinfiga mansub maxsus antitelalar aniqlanadi. 
Parotit infektsiyasida Ig M sinfiga mansub antitelalar kasallikning hamma turlarida, 
shu jumladan atipik turlarida, shuningdek birlamchi orxit, meningit, pankreatitda ham 
aniqlanib, diagnoz masalasini xal qiladi. Ig G sinfiga mansub antitelalar kechroq 
paydo bo’ladi va uzoq yillar saqlanadi. 
Davolash. Parotit infektsiyasi bilan bemorlar odatda uy sharoitida 
davolanadilar. Shifoxonaga og’ir turdagi bemorlar, ayniqsa orxit, pankreatit, serozli 
meningit rivojlangan bemorlar yotqiziladi. Maxsus davosi yo’q. Kasallikning o’tkir 
davrida 5-7 kunga yotoq rejimi buyuriladi. Yotoq rejimi ayniqsa 10-12 yoshli o’g’il 
bolalarga zarur, chunki fizik yuklamalar orxit ko’lamini ko’paytiradi.
Bemorda pankreatitning klinik simptomlari paydo bo’lganda bemorga yotoq 
rejimi tayinlanadi. Birinchi 1-2 kunda maksimal ochlik, keyin parxez asta – sekin 
kengaytiriladi, lekin yog’ va uglevodlar cheklanadi. 10-12 kundan so’ng bemorni 
№5- parxezga o’tkaziladi. Og’ir xolatlarda vena ichiga tomchilab proteoliz 
ingibitorlari (gordaks, kontrikal, trasilol) yuboriladi. Og’riq qoldirish uchun 
spazmatik va analgetiklar tavsiya qilinadi. Xazm jarayonini yaxshilash maqsadida 
ferment preparatlari (pankreatin, panzinorm, festal) buyuriladi. 
Orxit bilan og’rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiq. 
Yotoq rejim va kasallik o’tkir davrida suppazitoriy tavsiya etiladi. yallig’lanishga 
qarshi gormonal preparatlar (prednil) 30 lan. 2-3 mnG’kg.sut xisobida3-4 maxal 3-4 
kunga tavsiya etiladi. Keyinchalik dozalar tezlik bilan kamaytirilib, umumiy kurs 
davomiyligi 7-10 kundan ortmasligi kerak.
Spetsifik virusga qarshi preparatlardan atsiklovir kutilgan ijobiy natijani beradi. 
Og’riqni bartaraf etish uchun analgetiklar (nurafen- bolalar uchun, 
paratsetamol) va desensibilizatsiyalovchi preparatlar (suprastin, pipolfen, fenkarol) 
buyuriladi. 
Urug’don ning kuchli shishida a’zoga bosimni kamaytirish uchun xirurgik 
davo – oqsil moddani kesib qo’yish tavsiya etiladi. Parotitli meningit gumon 
qilingan taqdirda, diagnostik maqsadda orqa miya punktsiyasin o’tkaziladi. Ba’zi 
xollarda punktsiya davolash maqsadida, miya ichi bosimini pasaytirish uchun xam 
qilinadi. Degidratatsiya maqsadida laziks yuboriladi. Og’ir xollarda infuzion terapiya 
o’tkaziladi (glyukoza 20% eritmasi, reamberin 1,5% eritmasi, V gr. vitaminlar, 
polioksidoniy). 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling