Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
YuQUMLI MONONUKLEOZ.
Yuqumli mononukleoz yoki Filatov kasalligi- Herpes viridae olilasiga kiruvchi Enshteyn – Barr virusi keltirib chiqaradigan kasallik bo’lib, uzoq vaqt isitmalash limfoadenopatiya, gepatosplenomegaliya, qonda atipik mononuklear paydo bo’lishi bilan kechadi. Yuqumli mononukleoz atmasi amerikalik olimlar Sprant va Evans tomonidan 1920 yil isitmalash, periferik limfa tugunlari kattalashishi limfotsitoz bilan kechuvchi kasallikni o’rganish vaqtida kiritilgan. Bir yildan keyin mualliflar yuqumli mononukleoz va bezni isitma aynan bir kasallik degan xulosaga kelishgan. Virus 1964-1965 yillarda Kanadalik olimlar Enshteyn va Barr tomonidan ajratib olingan va shu olimlar nomi bilan atalgan. ETIOLOGIYaSI. Virus gerpeviruslar oilasiga mansub bo’lib, DNK tutadi, 180 nm diametrli, sferik shaklga ega. Virus efirga ta’sirchan bo’lib, yuqumli mononukleoz bilan og’rigan odam qonida sog’lom odam miya xujayralari muxitida yaxshi o’sadi. KLINIKASI. Yuqumli mononukleoz klinikasi turli tumanligi va o’zgaruvchanligi bilan izoxlanadi. Asosiy simptomokopleks quyidagilardan iborat: isitmalash (93,9%), limfoadenopatiya (97,8%), og’iz- xalqum zararlanishi (99,5%), burun- xalqum zararlanishi (87,9%), jigar (98,1%) va talok (93,5%), kattalashish, qonda mononuklearning sifatiy va miqdoriy o’zgarishi 100%. Bundan tashqari ekzantema, enantema, yuz kerkishi, tumov, diareya va boshqalar bo’lishi mumkin. Kasallik ko’pincha o’tkir, yuqori xarorat bilan boshlanadi, lekin asosiy klinikasi 1- oxiriga kelib namoyon bo’ladi. erta belgilaridan isitmalash, bo’yin limfa bezlari shishi, bodom bezlaridagi karash, turundan nafas olishni qiyinlashishi, xafta oxiriga kelib jigarva taloq shishadi, qonda atipik mononuklearlar paydo bo’ladi. TAShXISOTI. Tipik xollarda tashxis qo’yilishi qiyin emas. Serologik usullardan Paul – Bunnel reaktsiyasi (1932 y) qo’llaniladi. Bunda bemor qonida ko’p eritrotsitlarga qarshi antitanachalar topiladi. 1932 yil Devidson bu usulni takomillashtirdi. Paul – Bunnel – Devidson reaktsiyasi 85 -95% musbat natija beradi. Xozirda IFa usuli qo’llaniladi. Tashxisot uchun reaktsiya titri 1:14. Bundan tashqari ot eritrotsitlari agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’llaniladi. Bu usul uchun bir tomchi bemor zardobi kerak bo’ladi. DAVOSI. Yuqumli mononukleozni maxsus davosi yo’q. Simptomatik va patogenetik davo qo’llaniladi. Kasallik xamma shaklida issiq tushiruvchi, desensibillovchi, antiseptiklar, vitaminlar tayinlanadi. Antibiotiklar asoratlar qo’shilganda tayinlanadi. Shuni yodda tutish kerakki, ampitsillin yuqumli mononukleozda qo’llanilmaydi, chunki 70% xollarda og’ir allergik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin (toshma, Kvinke shishi, toksik allergik xolatlar). Yaxshi natijalarni trixopol beradi (flagin, metronidazol). Og’ir xollarda gormonlar tayinlanadi (prednizalon 2- 2,5mgG’kgG’sut 5-7 kun davomida). Kasallik cho’zilib kechganda immunokorrektorlar (levomizol, metiluratsil) tayinlanadi. Levomizol 2,5 mgG’kgG’sut bir marta, 3 kun beriladi. 4 kundan keyin qaytariladi. Metiluratsil 2,5 mgG’kgG’ sut 10 kun beriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling