Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

6.2. Analitik qism 
«MUAMMO» uslubi 
Bu usulni o’tkazish uchun talabalarga quyidagi muammolar taklif qilinadi: 
1. Bemorni uy sharoitida ko’rib, tezkor diagnostika usuli bilan shifoxonaga 
yotkizish tartibi. 
2. Bemorni somatik shifoxonada davolashda yo’l qo’yilgan xatoliklarni xal 
qilish. 
3. Bemorni poliklinikada qabulqilish va shifoxonaga yotkizish qonun – qoidalari. 
Gurux 3 ta kichik guruxga bo’linadi. 3 xil muammoni xar bir gurux talabalari 
to’la xal qilib berishlari kerak.  
 
Vaziyatli masalalar.
 
 
Masala №1 
18 yoshli Aziz. Klinikaga quyidagi shikoyatlar bilan keldi: xarorat 2 kun 
davomida 38
0
S ko’tarilishi, . Kelganda bolani axvoli o’rta og’irlikda, teri 
koplamlarioqish rangda, tomoqda kuchsiz qizarish, bodomcha bezlari biroz shishgan, 
orolchasimon karash qoplangan, bu karash qiyin ko’chib oyna orasida yozilmaydi.
Bodomcha bezidan karash olinganda qon oqdi. Regionar limfa tugunlari loviya 
donasiday kattalashgan. 
Savol: 1. Dastlabki tashxis.
2. Tekshiruv rejalarini tuzing. 
Masala №2 
Bemor A 14 yoshda, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kasallikning 4 kuni quyidagi 
shikoyatlar bilan yotkizildi; tana xaroratining 39

S ko’tarilishi, burunning to’lib 
qolishi, yutinganda og’riq bo’lishi, bexollik, injiqlik, burundan suyuqlik oqishi. 
Onasining so’ziga qaraganda, bemor yuqumli kasallar bilan muloqotda bo’lmagan. 
Ob’ektiv: umumiy axvoli o’rtacha og’irlikda, teri qoplamlari toza, bo’yin limfa 
tugunlari qimirlaydi og’riqsiz. Tomog’i qizargan, bodomcha bezlari g’adir - budir, 
pardasimon oq karash bilan qoplangan. Yurak oxanglari bo’g’iqroq, o’pkada 
vezikulyar nafas eshitilmoqda. Qorin yumshoq, jigari qovurg’a yoyidan Q3,0 sm. 
talog’i Q1,0 sm, qon taxlili: leykotsitlar- 12,500, tayoqchalar 3,0 limfatsitlar – 33, 
monotsitlar – 40. 
Savol: 1. Bemorga dastlabki tashxis qo’ying
2. Tekshiruv rejalarini tuzing. 


Masala №3 
33 yoshli bemor LOR – bo’limiga «lakunar angina» tashxisi bilan kasallikni 
2- chi kuni tushgan. Bo’limda ko’rilganda tomoqda kuchsiz giperemiya, bodomcha 
bezlari shishgan, o’ng bodomcha bezida kulrang oq rangli pardali karash bilan 
qoplangan, bodomcha bezining to’qimasi ustidan, bo’rtib turibdi, ko’chirilganda 
qiyinchilik bilan ko’chirilmokda. Bo’yin oldi limfa tugunlari zich, kam og’riqli. Bola 
bexol, bo’sh, tana xarorati 37,8
0
S. Tashxis qo’ying. Bo’limda qanday epidemiyaga 
qarshi chora tadbirlar o’tkazilishi lozim? 
Savol: 1. Bemorga dastlabki tashxis qo’ying
2. Tekshiruv rejalarini tuzing. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling