Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

DIFTERIYa (DIPHTERIA) 
Infektsiyaning kirish darvozasi sohasida fibrinoz yallig’lanish aniqlanadigan
yurak-tomir va asab sistemasi zararlanishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli 
kasallikdir. 
Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchi — difteriya tayoqchasi. Uning asosiy xususiyati 
o’sish davrida o’zidan kasallik patogenezida muhim ahamiyatga ega bo’lgan toksin 
ajratib chiqarishidadir. 
Patogenezi. Infektsiyaga tomoq, burun, yuqori nafas yo’llarining shilliq 
pardalari kirish darvozalari bo’lib xizmat qiladi, ba’zan kasallik qo’zg’atuvchisi ko’z 
kon’yunktivasi, tashqi jinsiy a’zolarning shilliq pardasi va shikastlangan teri orqali 
organizmga tushadi. Difteriya mikrobi tushgan joyda fibrinoz yallig’lanish kuzatiladi 
va u erdan organizmga qon, limfa va boshqa yo’llar orqali toksinlar tarqay boshlaydi.. 


Fibrinoz yallig’lanish yuzaroq, krupoz yallig’lanish esa birmuncha chuqurroq 
joylashgan bo’ladi. Bunda difterik xarakter kasb etib, to’qimalardan ajraladigan 
fibrinoz parda hosil bo’ladi. Shu jarayonda qon to’lib oqishi natijasida regionar 
limfatik tugunlar kattalashadi, hujayra elementlarida ba’zan to’satdan: teri osti 
kletchatkasini qoplab oladigan shish daydo bo’ladi. Organizmga yana toksinlar 
tushishi nerv sistemasini, yurak-tomir va endokrin sistemasini zaharlab ishdan 
chiqaradi, qon aylanishini buzadi, yurak mushaklarini va buyrakni shikastlaydi, 
falajlik rivojlanadi. 
Klinikasi. Inkubatsion davr 2 kundan 10 kungacha davom etadi. Patologik 
jarayonning qaerda rivojlanishiga qarab, kasallikning klinik turi xilma-xil bo’ladi. 
Difteriyaning og’iz, burun, halqum, traxeya va bronx, ko’z, tashqi jinsiy a’zolar, teri, 
kindik yaralari (bolalarda) paydo bo’lishi, shuningdek, og’iz va burun, halqum va 
hiqildoqning shikastlanishi bilan birga kechadigan xillari mavjud.
Halqum difteriyasi birmuncha ko’p uchraydigan turlariga kiradi va bu ham o’z 
navbatida lokalizatsiyalangan (orolsimon va pardasimon), shuningdek, I, II, 111 
darajali toksik turlarga bo’linadi. Emlangan bolalarda difteriyaning ko’pincha 
orolsimon (engil) turi uchraydiki, bunda bodomcha bezlarining yuzasida oq karashlar 
paydo bo’ladi. Difteriyaning lokalizatsiyalangan turida pardasimon oq karashlar 
bodomcha bezlaridan boshqa joylarda kuzatilmaydi. Avval ular quyuq o’rgimchak 
to’ri ko’rinishida bo’ladi (bodomcha bezlara kattalashgan va ozgina qizargan 
bo’ladi), tez orada oqimtir-kulrang tus oladi, to’qimalarga yopishib ko’chirib 
olinganda o’sha joy qonab turadi. Bemorlarda ozgina zaharlanish belgilari paydo 
bo’ladi, harorat 38° gacha ko’tariladi, ovqat yutganda tomoq bir oz og’riydi. 
Difteriyaning tarqalgan turida intoksikatsiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat 
yuqori bo’ladi, karashlar zichroq joylashib, butun bodomcha bezlaridan tashqari, 
halqumning shilliq pardasini, tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin 
devorlarini qoplaydi. Difteriyaning toksik turi sensibillangan organizmning 
giperergik reaktskyasi bilan namoyon bo’lib, keng mahalliy shikastlanishlar va 
umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan kechadi. Haroratning ko’tarilishi, bosh 
og’rishi, et uvishishi, qayt qilish, bo’yin limfa tugunlarining kattalashishi, yaqqol 
bodomcha bezlarida chegaralanmagan va uncha katta bo’lmagan karashlarning paydo 
bo’lishi uning eng birinchi belgilari hisoblanadi. Keynnchalik karash tez tarqalib 
ketadi, halqum shilliq qavatida va limfatik tugunlar sohasidagi bo’yin teri osti 
kletchatkasida shish paydo bo’ladi. Bo’yindagi shishning katta-kichikligiga qarab 
difteriyaning I darajadagi toksik turi (shishning bo’yin yarmigacha tarqalishi), II 
darajasi (o’mrovgacha) va III darajasi (o’mrovdan pastgacha) farq qilinadi. 
Difteriyaning toksik turida og’izdan chuchmal-qo’lansa hid kelib turadi, nafas 
harakatlari qiyinlashib, shovqin chiqaradigan, xirillaydigan bo’lib qoladi. 
Diftepiyaning turli ko’rinishdagi subtoksik, gipertoksik (jadal), gemorragik 
(shikastlangan shillik qavatlardan qon oqishi, qon quyilishi) va gangrenoz (og’iz va 
yutkin to’qimalarining parchalanishi bilan kechadigan) turlari mavjud bo’lib, 
bulardan oxirgisi kamdan-kam uchraydi. 
Hiqildoq difteriyasi yoki chin difteriya krupi ko’pincha 1 yoshdan 3 yoshgacha 
bo’lgan bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turida tovush bo’g’iq bo’lib qoladi, 
yo’tal zo’rayadi, nafas olish stenotik bo’ladi. Bu simptomlar ikkilamchi krupdan farq 


kilib, to’satdan paydo bo’lmasdan asta-sekin 1—3 kun davomida paydo bo’ladi. 
Stenoz nafas olish ancha shovqinli, xirillash bilan kechadi, bunga sabab, havo 
tomoqnikg qisilgan teshigidan chiqib, ko’krakning oson bosiladigan sohasining nafas 
olish vaqtida botishidir. Difteriya krupining turli ko’rinishlaridan biriga o’zining og’ir 
kechishi bilan ajralib turadigan tarqoq krup ham kiradi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling