Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

Tashxisi. Difteriyaning tashxisi klinik ko’rsatmalariga asoslanib aniqlanadi. 
Difteriyaga shubxa qilingan har qanday bemorni aniq tashxis qo’yish uchun 
kasalxonaning diagnostika bo’limiga yotqizish zarur. Diagnostikada bakteriologik 
usul muxim yordamchi usul bo’lib hisoblanadi. Bunda kasallikning mahalliy 
o’chog’ida (ko’pincha og’iz shilliq qavatidan) olingan ekmani Leffler muhitiga, 
shuningdek, qon qo’shilgan telluritli agarga ekib tekshiriladi. Bu usulda uzul-kesil 
javob 24—28 soat, ba’zan bundan ko’proq muddatda olingani uchun tashxis qo’yish 
cho’zilib ketadi. 
Manfiy natija difteriya yo’q ekanligiga dalolat bo’lavermaydi. Retrospektiv 
tashxis qo’yish uchun agglyutinatsiya reaktsiyasidan foydalaniladi (yangi zardobda-
antitelo titrining oshib borishi). Difteriyaning, differentsial tashxis qilishda skarlatina, 
turdi etiologiyali angina va eng avval Simanovskiy-Vintsent anginasi, infektsion 
mononukleoz, epidemik parotit, soxta krup, turli etiologiyali laringitlar (ko’pincha 
virusli), yutqin abstsessi, turli etiologiyali pardali: kon’yunktivalar (ko’pincha 
adenovirusli)ni nazarda tutish lozim. 
Davosi. Difteriya, ayniqsa uning toksik turi bilan og’rigan bemorlar o’rin-
ko’rpa qilib yotishlari lozim. Bu kasallikning qancha davom etishiga, uning og’ir-
engilligiga, asoratlari bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. Difteriyani davolashda 
bemorga iloji boricha ertaroq antitoksik zardob yuborishning ahamiyati katta. Zardob 
Bezredko usulida yuboriladi. Zardobning bir martalik yuboriladigan miqdori 
kasallikiing og’ir-engilligiga, joylashuviga, kasallangan muddatiga qarab 5000 dan 
50000 XB gacha bo’ladi. Halqum difteriyasining lokalizatsiyalangan turida 10000 
dan 20000 XB gacha, tarqoq turida 20000—30000 XB gacha, II darajali toksik turida 
60000 dan 80000 XB gacha, III darajali va gemorragik difteriyada 100000 dan 
120000 gacha, I darajali toksik turida 20000 dan 50000 XB gacha, krupda 40000 dan 
50000 XB gacha yuboriladi. Kasallikning klinik kechishiga qarab, -zardob 
kasallikning keyingi kunlari qayta yuborilishi mumkin. Toksik difteriyada 
dezintoksikatsiya maqsadida ilazmaning 10—20% li eritmasini 30 ml dan 100 ml 
gacha, glyukoza esa 15—30 ml dan yuboriladi. Shuningdek, bir guruhli qonning 
(40—50 ml) gemotransfuziyasini xam ishlatish mumkin. Katta miqdordagi quyidagi 
vitaminlar yuboriladi: askorbin kislotasi kuniga 300 dan 600 mg gacha (nikotin 
kislotasi kuniga 2—3 marotaba 15—30 mg dan va bundan ko’proq). 
Ikkilamchi streptokokk infektsiyalari bo’lgan hollarda odatdagi miqdorda 
antibiotiklar (pennqillin, tetratsiklin va boshq) tayinlanadi. Toksik difteriyada 4—6 
hafta mobaynida odatdagi miqdorda venaga yoki teri ostiga strixnin yuboriladi. Og’ir 
intoksikatsiya xollarida esa antibiotiklar bilan birga steroid garmonlar (kortizon, 
prednizolon, prednizon) tayinlanadi. Yurak dorilari ko’rsatmaga qarab beriladi. 
Krupni davolashda nafas yo’li stenoziga qarshi kurashish asosiy o’rinni egallaydi
bunda bemorga tinch sharoit yaratiladi. Issiq muolajalar, (issiq vanna, bug’li 
ingalyatsiya), toza salqin havo, kislorod terapiyasi qo’llanadi. Terining oqarib borishi, 


tsianoz, besaranjomlik yoki sustlik- ko’p terlash, nafas olinganda pulsning pasayishi 
intubatsiya yoki: traxeotomiya uchun ko’rsatma bo’la oladn. Intubatsiya qilish 
maqsadga muvofiqdir. Bemor kasalxonadan tuzalishiga qarab, ikki marotaba manfiy 
natijali bakteriologik tekshirishdan so’ng chiqarib yuboriladi va poliklinika kuzatuvi 
ostida turadi. Bakteriya tashuvchanlik bilan jadal kurash ortanizm umumiy 
rezistentligini oshirish va og’iz bo’shlig’ini tetratsiklin guruhiga oid antibiotiklar 
yordamida sanatsiya qilish orqali olib boriladi. Surunkali tonzillit va adenoid bilan 
og’rigan bolalar ko’plab bakteriya tashuvchilikka sabab bo’lishlari mumkin. Bunday 
bolalarni jarrohlik yo’li bilan davolash (tonzilloektomiya va adenotomiya) samarali 
bo’lmoqda. Emlash ishlarini keng miqyosda va sifatli olib borish ham bakteriya 
tashuvchilikning epidemirlogik xavfini birmuncha kamaytiradi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling