Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Tashxisi. Ichburug’ kasalligiga tashxis qo’yishda kasallikning o’ziga xos 
gemokolit simptomlari (qon va shilliq aralash ich kstishi) mavjudligi katta 
axamiyatga ega. Shuningdek, epidemiologik ma’lumot xam e’tiborga olinadi. Bemor 
bilan muloqotda bo’lish, ichish uchun oqarsuvlardan foydalanish, turar joylarning 
sanitariya xolati yomonligi, pashshalar ko’pligi ichburug’ tashxisink qo’iishda muxim 
o’rin tutadi. 
Laboratoriya tashxisi. Dizenteriya tashxisini qo’yishda laboratoriya 
usullaridan bakteriologik taxlil va najasni koproskopik tekshirish iatijalari xal 
qiluvchi axamiyatga ega. 
Najasni bakteriologik tekshirish uchun dezinfektsiyadan so’ng yuvib, qaynoq 
suv bilan chayib tashlangan tuvakdan simli ilgakcha voskgasida 2-3 gr. najas olib, 
Tiga, Ploskirev muxitlariga ekiladi. Yaxshi natija olish uchun shilliq va yiring 
aralashmasi bir joydan olib ekiladi. Sterkllangan tamponni orqa teshik orqali kirgizib 
xam taxlil olish mumkin. Tekshirish kasallikning dastlabki kunlarida va antibiotik 
qo’llashdan oldin tashkil etilsa, ijobiy natija (koprokultura) olish imkoni ortadi. 
Dizenteriyada najasni bakteriologik tekshirish xar doimxam ijobiy natija 
beravermaydi. Shu sababli bakteriologok tekshirish ijobiy natija bermasligi 
"dizenteriya yo’q" degan ma’noni bnldirmaydi. Kasallikning klinik namoyon bo’lishi 
o’ziga xos bo’lgan hollarda, najasdagi o’agarishlar yaqqol aniqlanganda, ichburug’ 
tashhisiii bakteriologik tasdiqsiz ham ko’yish mumkin. 
Shunga ko’ra dizenteriya diagnostikasida koproskopik taxlil muhim 
axamiyatga ega. Bu tekshirish klinik laboratornyada amalga oshiriladi Avvalo
najasni ko’adan kechirganda uning konsistentsiyasi, ko’zga tashlanadigan qon, 
shilliq, yiring aralashmalari bor-yo’qligiga e’tibor bernladi. Surtma tayyorlab 
mikroskop ostida tekshirilganda ko’rish maydonida 10 tadan ortiq leykotsit va 
eritrotsitlar bo’lishi dizenternyada ko’p uchraydi. Ba’zi xollarda ko’rish maydoni 
arntrotsit, leykotsit, shilliq bilan to’lib yotgan bo’ladi. 
Ilgari ichburug tashxisini qo’yishda rektoskopiya usuli keng qo’llanar edi. U 
temirdan yasalgai, uzunligi 25-30 sm li nay vositasida amalga oshiriladi. 
Rektoskopiyaga tayyorlash uchun bemorga kechqurun va ertalab tozalovni xuqna 
qilinadi. Ertalab tekshirishdan o’tguncha bemor ovqatlanmasligi kerak. Rektoskopda 


tekshirishda bemor stol ustiga ma’lum holatda cho’kkalatib 20-25 sm gacha 
ichkarnga extiyotlik bilan yuboriladi. Bunda tug’ri va skgmasimon ychak shilliq 
qavatini ko’rish mumkin. Rektoskop ichidagi kichik Aampochka shilliq qavatiii 
yoritib turadi. Ichakning ko’rilayotgak joyida shillits qavatlarning yaltirab turishi, 
bo’rtganligi, qizarib turishi dizenteriyaga xos dosoblanadi, Ayrim xollarda bunga 
qo’shimcha ravishda qon talashish (gemorragiya) lar, hatto yaralar borligi aniqlanadi. 
Keyingi yillarda rektoskopiya kam qo’llanmoqda. Klinik va laboratoriya 
tekshirishlarn dizenteriyaga xos natija berganida rektoskopiyaga hojat xam qolmaydi. 
Diagaostika uchui qiyin hollarda yoki ichakda xavfli o’smalar borligiga shubha 
qilinganida, 
xozirgi 
davrda 
kolonofibroskopiya 
usullaridan 
foydalaniladi. 
Kolonofibroskopni yo’gon ichakka 1.5-2 sm masofagacha kiritib. uning hamma 
qismlarini ko’rish mumkin. Bu asbob tolali optika yutuqlari asosida yasalgan bo’lib, 
egiluvchan plastmassa bilan qoplangan. Uning uchidagi ko’rish linzasi vositasida 
ichakiing xohlagan qismida shilliq qavat holatini o’rganish mumkin. Lozim bo’lgan 
hollarda, fotoapparat ulab, kerakli joyning rasmi ham olinadi. 
Dizenteriyaga tashxis qo’yishda passiv gemagglyutinatsiya reaktsiyasi (PGAR) 
qo’yiladi. Buning uchun kasallikning 3-4 kunidan boshlab, bilakdan 1-2 ml qon olib, 
dizenteriya eritrotsitar diagnostikumi bilan serologik reaktsiya qo’yiladi. 
Reaktsiyaningdiagnosgik titri 1:100. Oradan 4-5 kun o’tkazib tekshirish takrorlansa, 
reaktsiya titri ortib boridi. 
Bir vaqtlar dizenteriyaga tashxis qo’yishda allergik sinovidan xamfoydalanilar 
edi. Uni Tsuverkalov Ginovi deyiladi. Reaktsiya qo’yish uchun bilak terisi orasiga 
0.1 ml dizenterin yuborib, 24 soatdan so’ng natijasi ko’rkladi. Xozirgi vaqtda 
amaliyotda undan foydalanilmaydi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling