Amaliy mashgʻulot Grammatik shakl va grammatik ma'no Keys topshiriq
Download 16.48 Kb.
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnni o`qing. Matn tarkibidagi har bir so`z ifodalagan grammatik ma’noni izohlang. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarga diqqat qiling, batafsil izohlab yozing.
- Tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr
2- amaliy mashgʻulot Grammatik shakl va grammatik ma'no Keys topshiriq 1-topshiriq. Hikoyani davom ettiring va sarlavha qoying. Grammatik shakl ifodalagan ma`nolarni aniqlab yozing Bir podshoh og`ir xastalikka chalindi. Hakimlar bu dardni o`n uch yoshli bolaning jigari davollashi mumkinligini aytdi. Podshoh amri bilan navkarlar mamlakat kezib, o`z farzandini sotishga rozi bo`ladigan noqobil ota-onani axiyri topdilar. Shunday qilib, podshoh ota-onaga sovg`a-salomlar berib rozi qildi, qozilar: “Podshoh salomatligi uchun xalqning bir vakilini qurbon qilishi vojibdur”, – deb hukm chiqarib berishdi. Biroq, berahm jallod o`z boltasi bilan bolaning boshida hozir bo`lgan paytda bola yig`lash o`rniga negadir tabassum qildi. Hayron bo`lgan podshoh undan so`radi: O`zing o`limga ketyapsan, beg`am bo`lib jilmayishingning boisi ne? Shunda bola podshohga qarab: – …
Matnni o`qing. Matn tarkibidagi har bir so`z ifodalagan grammatik ma’noni izohlang. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarga diqqat qiling, batafsil izohlab yozing. Usmon Nosirning keyingi umri panjaralar ichida, yerto`lalar, qamoqxonalar va tikanli simlar ortida kechdi. Quyoshning bir tutam nuri ham uning yuziga temir panjaralar orasidan tushdi. Sovuq o`lkalarda kechgan yillarda esa quyoshni deyarli ko`rmadi. Kechagina shoirning jo`shqin ovozi yangragan zallarda endi uning nomi va ijodiga tuhmat toshlari otila boshlandi. Korxonalar va o`quv yurtlarida, gazeta va jurnallar sahifalarida, radio to`lqinlarida Usmon Nosir sha`niga aytilgan bo`htonlar avj oldi. Kutubxona va she`riyat muxlislari uyini nurga to`ldirib turgan shoir kitoblari gulxanlarga tashlandi. Tergov xonalarida esa uning «xalq dushmani» ekanligini tasdiqlash, «dalil»lar topish uchun turli vahshiyona usullar qo`llandi. Hali yigirma to`rtga kirib ulgurmagan yigitning boshi balolardan chiqmadi. G`ayriqonuniy tergov usullari qanchalik dahshatli bo`lmasin, u qariyb bir yil davomida «o`z aybi»ni bo`yniga olishdan bosh tortdi. Ammo nafaqat shoir, balki tergov ishlari bo`yicha mutaxassislar ham qaysar edi. Oqibatda Usmon Nosir Toshkent qamoqxonasida saqlanayotgan kezlaridayoq ruhiy kasallikka duchor bo`ldi…(Naim Karimovdan) Tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr: Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: O‘zMU, 2013. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar, 2009. Download 16.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling