Amaliy mashg‘ulot. Matematika statistika elementlarini modellashtirishga oid misollar bilan tanishish. Ishning maqsadi
Download 311.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg‘ulot. Matematika statistika elementlarini modellashtirishga oid misollar bilan tanishish.
4. Gistogramma, poligon.
anlanmadagi variantlarni yaqqolroq tasvirlash uchun tanlanma gruppalangandan keyin gistogramma va poligon chiziladi. Buning uchun koordinatalar tekisligi olinib, gorizontal o‘qda gruppalarning chegaralari belgilanadi. 5. O‘rta qiymatlar Har bir gruppada balandligi shu gruppaning chastotasiga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rt burchaklar chiziladi. Hosil bo‘lgan rasmga gistogramma deyiladi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchaklarning yuqori tomonlarining o‘rtalarini ketma-ket birlashtirilib chiqilsa, hosil bo‘lgan siniq chiziqqa poligon deyiladi. (lrasm) agar tanlanmadan variatsion qator tuzilgan bo‘lsa, gorizontal o‘qqa variatsion qatordagi variantlar belgilanadi. Ba’zan gistogramma chizilganda to‘g‘ri to‘rtburchaklar balandligi chastotalarga emas, balki nisbiy chastotalarga teng qilib olinadi. O‘rgatilayotgan belgilar haqida statistik xulosalar chiqarish uchun bir nechta sonli xarakteristikalarni hisoblash kerak. Ularning dastlabkilari o‘rta qiymat, moda va medianadir. O‘rta qiymatning bir nechta turlari mavjud. Faraz qilaylik tanlanmadan quyidagi variatsion qator tuzilgan bo‘lsin. xi: x1 x2 . xk ni: n1 n2 . nk O‘rta arifmetik: x=[x 1 · n 1 + x 2 · n 2 + … x k · n k ]/n O‘rta garmonikan: x h =n/[ n 1 : x 1 + n 2 : x 2 + … n k : x k ] O‘rta kvadratik : ̅̅̅̅= √ O‘rta kubik: ̅̅̅̅= √ O‘rta geometrik: ̅̅̅ = √ Albatta, amalda o‘rganilayotgan belgining xarakteriga qarab, bu o‘rta qiymatlarning kerakligi hisoblanadi. Yuqoridagi formulalar variatsion qator uchun yoziladi. Agar tanlanma gruppalangan bo‘lsa, o‘rta qiymatlar shu formulalar bilan hisoblanadi, formuladagi x i lar o‘rniga mos ravishda gruppa o‘rtalari va n i lar o‘rniga gruppa chastotalari qo‘yilishi lozim. Moda deb variatsion qatordagi eng katta chastotaga ega bo‘lgan variantga aytiladi va M 0 bilan belgilanadi. Umuman olganda moda bir nechta bo‘lishi xam mumkin. Mediana deb, agar tanlanmaning hjmi toq son bo‘lsa, variatsion qator o‘ratsida turgan variantaga, agar tanlanmaning xajmi juft son bo‘lsa, variatsion qator o‘rtasida turuvchi ikkita variantlar yig‘indisining yarmiga aytiladi. Mediana Me bilan belgilanadi. Tanlanma gruppalangan bo‘lsa, eng katta chastotaga ega bo‘lgan gruppa modal guppa deyiladi. Moda esa quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: M 0 = у + h ·[ (a 2 – a 1 ) / ( 2 a 2 - a 1 - a ) ] Bu yerda y modal gruppaning quyi chegarasi; a 2 - modal gruppaning chastotasi; a 1 - modal gruppadan oldingi gruppaning chastotasi; a 3 - modal gruppadan keyingi gruppaning chastotasi; Medianani hisoblash uchun oldin mediana yotgan gruppa aniqlanadi. Buning uchun gruppa chastotalari ketma-ket qo‘shib boriladi va qaysi gruppaning chastotasi qo‘shilganda yig‘indi n/2 dan oshsa, shu gruppa olinadi. Mediana quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: M e = z k + h · ( n / 2 - S ) / a Bu yerda, z k -mediana yotgan gruppaning quyi chegarasi, h- gruppa uzunligi, a - mediana yotgan gruppaning chastotasi; n-tanlanma hajmi; S-gruppa chastotalari ketma-ket qo‘shilganda mediana yotgan gruppa chastotasi qo‘shilmasdan oldingi yig‘indining qiymati. Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki,o‘rta qiymatalar variantlarning o‘rtasini bildirsa, moda eng ko‘p uchraydigan variantani, mediana esa variantalar bir tartibda yozilganda, o‘rtada turuvchi variantani bildiradi. Download 311.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling