Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Paxta terish mashinalarini o‘rganish Ishdan maqsad


Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi


Download 43.95 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi43.95 Kb.
#1603450
1   2   3
Bog'liq
4 Amaliy mashg‘ulot Paxta terish mashinalarini o`rganish

Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi xam vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga uxshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi kismlardan iborat. Bu mashina vertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasining tuzilishi bilan tubdan fark kiladi.
Mashina apparatining texnologik ish jarayonida (4- rasm) erkin turgan guzapoya shoxlari yunaltirgich 1 yordamida 70...100 mm kalinlikkacha kuchli sikilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi.

Kasseta 3 shpindellari 4 yulakcha 6 ta’sirida ishchi kameraga deyarli perpendikulyar yunalishda A joyida kiritiladi va guzapoyaning bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi VM va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chizikli tezligi V uzaro teng. Shu sababli uz uki atrofida aylanayotgan shpindel, guza oraligiga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, uz ustiga xalka kurinishida urab oladi. Paxtani urab olgan shpindellarni guza shoxlari orasidan tik yunalishda (V joyida) sugurib olgan kasseta VS oraligida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi. Markazdan kochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xaschuplar darcha 5 dan tashkariga chikarib yuboriladi, demak, paxta kisman tozalanadi. Kassetaning keskin burilishi xisobiga shpindelning uchi ajratkich likopchalari 7 ni tezrok uchratadi. Shpindel ajratkichga tekkan vaktdan boshlab, baraban bilan birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya’ni orkasiga burilishi xisobiga, shpindelning ajratkichga tegib turish vaktini uzokrok saklab (kassetaning SD yulida) koladi.
Y ostikchaning uzunligi shpindel sirtini tulik tozalashga yetarli kilib urnatilgan. Yostikcha ta’sirida shpindel sirtiga yopishib kolgan usimlik shirasi, chang-tuzon va boshka chirkka aylanadigan moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish siklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi.
Shpindelli baraban 10 ning sirti buylab 10...12 tadan kassetalar teng joylashtirilgan (5- rasm) bulib, xar bir kassetaga uzunligi 70 ... 120 mm gacha bulgan 12...16 dona konussimon, shpindel 12 urnatilgan. Shpindelning bir tomoni kassetaga kotiriladi, ikkinchi tomoni konsol tarzida buladi. Shpindel sirtida esa balandligi 0,5 mm gacha bulgan bir necha kator tishlar kertiladi.
Kasseta 1 pastki 13 va yukorigi 2 tayanch podshipniklari atrofida aylana oladigan kilib urnatiladi. Shpindelni baraban radiusiga nisbatan kerakli xolatda ushlab turish uchun xar bir kassetaning ustiga krivoship 3 kiydirilgan, uning galtagi 4 yunaltiruvchi yulakcha 5 ichida joylashtirilgan buladi. Dvigateldan kelayotgan xarakat Z1 shesternyasi orkali baraban vali 6 ni aylantiradi. Baraban bilan birgalikda kasseta xam uning vali 6 atrofida aylanib turadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi yulakcha 5 murakkab shaklga ega bulib, tuxumsimon kurinishga ega buladi. Shu sababli uning ichida siljib xarakatlanayotgan galtak aylanayotgan barabanning sirtiga gox yakinlashib, gox uzoklashib, krivoship orkali kassetani vakt-vakti bilan uz uki atrofida ung yoki chapga buradi. Yunaltiruvchi yulakchaning shaklini tanlashda guzapoyaga shpindelni deyarli tik xolda kiritib, bir joyda aylantirib turish kuzda tutiladi. Agar bu shart bajarilmasa, kassetadagi shpindel kuzgalmas guzapoyaga nisbatan oldiga yoki orkaga siljiydigan bulib, guza shoxlarini sindirib ketadi. Shunday kilib, terish zonasidagi 4 – 5 kassetaning shpindellari bir-biriga deyarli parallel xolatda buladi.
Gorizontal shpindelli apparat nixoyatda murakkab tuzilganligi uchun ish kursatkichlarining sifati, uning kismlari kanchalik tugri sozlanganligi bilan boglikdir.
Ayniksa, paxtaning tulikrok terilishi, terish kamerasi kengligining guzapoya shoxlarini kalinligiga mos kuyilishiga sezilarli darajada boglik. Buning uchun yaxlit tusikni panjarasimon tusikka (barabanga) yakinlashtirib yoki uzoklashtirib, terish kamerasining kengligi sozlanadi. Bunda shpindel uchidan yaxlit tusikkacha 2...5 mm bulishi kerak. Barabandagi kassetalar bir xil balandlikda urnatilishi lozim. Barcha kassetalarning bir xil yarusdagi (katordagi) shpindellar ustki yasovchilarining balandliklari bir-biridan 0,2 mm dan kup fark kilmasligi lozim. Buning uchun kassetalar tagidagi yupka kistirmalar soni uzgartiriladi. Bu sozlanish uta muxim xisoblanib, shpindellarga nisbatan ajratkich likopchalari va namlagich yostikchalarining bevosita ta’sirini uzgartiradi.
Bir yarusdagi shpindellar ajratkich likopchasi tagidan 0,1...1,0 mm oralik utishi lozim, chunki tirkish katta bulsa, shpindelga paxta uralib koladi. Namlagich yostikchalarining yumshok kirralari bulgan pastki yuzasiga shpindel sirti 0,5...0,8 mm botib utishi kerak, aks xolda shpindel yetarli darajada tozalanmasdan tez chirklanib, paxta yerga kup tukilishi mumkin.
Yukoridagi uta (0,1...1,0 mm) aniklikda bajariladigan sozlanishlar barabandagi deyarli 300 ta shpindellarning xar biri uchun aloxida-aloxida bajarilishi kerak, aks xolda paxta yerga me’yoridan kuprok tukilishi mumkin.
Gorizontal shpindelli mashina uchun kuk kusaklari kamrok bulgan dalalarni ajratish kerak, chunki shpindel terish kamerasida guzapoya shoxlariga sikilib turgan kuk kusaklarga uchi bilan sanchilib, uning ichidagi xom tolani sugurib olishi mumkin. Natijada terilayotgan paxta tolasining sifati pasayadi.
Shpindelli barabanni juyak pushtasiga nisbatan 25...51 mm balandlikda urnatib ishlatgan ma’kul. Buning uchun shoxkutargich tagidagi sirpanib yuruvchi tayanch boshmoKining oxiri baraban rama­si­ning tagiga nisbatan 25...51 mm pastrok kilib urnatilishi kerak. Boshmok yerga botib ketmasligi va apparat urnatilgan balandlikda avtomatik ravishda xarakatlana olishi uchun shoxkutargich ilingan zanjir uzunligi muayyan darajada anik urnatiladi. Bunda shoxku­tar­gichning apparatga nisbatan pastga siljish imkoniyati saklanib kolishi kerak, aks xolda apparat pushta relefiga avtomatik moslanib ishlay olmaydi. Umuman, gidrosilindrni blokirovka kilmasdan apparat tagida sozlash man etiladi.


Nazorat savollari:
1.Paxta terish mashinalarining turlari va ularning farQini ayting.
2.Vertikal shpindeli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashini ayting.
3.Gorizontal shpindeli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashini ayting.
Download 43.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling