Amaliy mashgulot mavzulari ishlanmalari 4-kurs vii-semestr


Download 0.96 Mb.
bet1/5
Sana16.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1679225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ochiq dars


AMALIY MASHGULOT MAVZULARI ISHLANMALARI
4-kurs VII-semestr

4-MAVZU:

Boshlang’ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish.

Amaliy mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg‘ulot shakli:

Amaliy mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulot rejasi:

1. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda tarixiy materiallardan foydalanish metodikasi bo‘yicha savol-javob.
2. O‘rta osiyolik olimlarning matematika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari.
3. Mavzu yuzasidan sinfdan tashqari ishlarning manbalarini kuzatish va tahlil qilish.
4. Talabalar faoliyatini baholash

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:

  1. Talabalarning tarixiy materiallar bo‘yicha nazariy bilimlarini aniqlash.

  2. Tarixiy materiallardan foydalanishning ahamiyatini aniqlash.

  3. Matematika sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tarixiy materiallardan foydalanishning metodik jihatlarini talabalarga tushintirish.

  4. Tarixiy materiallardan foydalanishda metodik adabiyotlar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘qituvchining maqsad va vazifasi:

  1. Mavzu yuzasidan talabalarga topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.

  2. Mavzu yuzasidan metodik adabiyotlar ro‘yhatini tuzish.

  3. Darsni faollashtirish uchun qo‘shimcha test, ta’limiy o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar mazmunini tayyorlash.

O‘quv faoliyatining natijasi:
Talabalar bilishi kerak:

  1. Mavzuga oid metodik adabiyotlardagi tavsiyalarni, ko‘rsatmalarni egallab, amalda foydalanish.

  2. Tarixiy materiallardan foydalanishning sinfdan tashqari ishlarni ilgor pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish.

  3. Tarixiy materiallar ustida ishlash usullarini egallash.

  4. Tarixiy materiallardan foydalanish yuzasidan o‘quvchilarda hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarni yoritib berish.

  5. Mavzu yuzasidan tayyorlangan ta’limiy vositalarining samaradorligini amalda qo‘llab ko‘rish.

  6. Tarixiy materiallar ustida ishlash.

Ta’lim metodi va texnikasi:

Mustaqil ish, kichik guruhlarda ishlash.

Ta’lim vositasi:

Matematika darsliklari (1-4 sinflar), Boshlang‘ich matematika ta’limi samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish.

Ta’lim shakli

Yakka tartibda savol-javob, kichik guruhlarda ishlash,

Ta’lim sharti

Auditoriya.





Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling