Аmaliy mashgʼulot meyoz. M2
Download 13.82 Kb.
|
20 MEYOZ. M2
Аmaliy mashgʼulot MEYOZ. M2 Ishdan maqsad: Meyoz jarayonini va M1,M2 fazalarini oʼrganish Kerakli jihozlar: komp`yuter texnologiyasi, proektor,plakatlar va slaydlar Ishning mazmuni: Meyoz jarayonida hujayra ikki marta boʼlinadi (I va II). Birinchi boʼlinishga geterotipik va ikkinchi boʼlinishga gomotipik boʼlinish deb ataladi. Bular bir xil fazalardan (profaza,metafaza,anafaza va telofazadan) iborat boʼladi,lekin ular teng qimmatli emasdir. Bu ikkala boʼlinishi davomida bir hujayradan toʼrtta gaploid hujayralar hosil boʼladi,xromosomalar faqat bir marta, birinchi boʼlinishdagina ikki marta koʼpayadi. Natijada har bir xromosoma dixromatidli boʼlib qoladi. Meyozning birinchi boʼlinishidayoq gomologik xromosomalar konʼyugatsiya qilib xromosoma juftlarini hosil qiladi. Bu yerda diploid sondagi xromosomalar maʼlum sondagi bivalentlarga boʼlinib ketadi. Profaza II juda qisqa boʼladi yoki butunlay boʼlmasligi mumkin. Metafaza II da 2 qavatlangan xromosomalar dukning ekvatorial tekisligiga tiziladi.ssentromerlar boʼlinadi. Аnafaza II da xromatidlar hujayra qutblariga tortiladi. Ular mitozdagi singari bir xil emas, chunki ular krossingoverda ishtirok etgan boʼladi. Shunday qilib meyozning birinchi boʼlinishda kuzatilgan xromatidlar faqat ikkinchi boʼlinishda bir-birlaridan ajrab qutblarga tortiladi. Hujayraning har bir qutbida gaploid sondagi xromosomalar qoladi. Telofaza II da yadro va yadrochalar shakllanadi.ssitokinez sodir boʼladi. Ikki marta boʼlinishdan soʼng diploid sondagi xromosomaga ega boʼlgan ona hujayralardan 4 ta gaploid sondagi xromosomaga ega boʼlgan hujayra hosil boʼladi. Gulli oʼsimliklarda bu jarayon chang uyalarida va urugʼ kurtaklarida boʼladi (mikro va megosporagenez jarayonida). Natijada mikro va megosporalar hosil boʼladi. Odam va hayvonlarda meyoz boʼlinish natijasida yetilgan jinsiy hujayralar (gametalar)-spermatozoid va tuxum hujayralar hosil boʼladi. Nazorat savollari 1. Meyoz jarayonining mitozdan farqi 2. Meyoz 1 jarayonida sodir boʼladigan hodisalar 3. Profaza I da yadro struktura elementlarida chuqur va murakkab oʼzgarishlar orqali bordigan jarayonlar 4. Gomologik xromosomalarning meyozdagi konʼyugatsiyasining biologik jihatdan ahamiyati. 5. Metafaza I da sodir boʼladigan jarayonlar 6. Аnafaza I da sodir boʼladigan jarayonlar 7. Profaza 1 va interkinez bosqichlarida sodir boʼladigan jarayonlar 8. Meyoz II da sodir boʼladigan jarayonlar. Download 13.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling