Amaliy mashg’ulot rejasi


 Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash


Download 364.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana08.03.2023
Hajmi364.13 Kb.
#1249917
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

7.7. Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
 
Xavfsizlik – muhim va qadimgi tushuncha. U turistga ovqatlanish va uxlashdek zarur. Shu 
sababli sayohatlar paytida turistlarning xavfsizligini ta’minlash turistik firmaning bosh 
vazifasidir. Turistlar xavfsizligini ta’minlash uchun turistik tashkilotlar kompleks tadbirlarni 
amalga oshiradi. Bunda dam olish va sayohat joylaridagi siyosiy vaziyatning barqarorligi, shu 
joylarning ekologik birinchi darajali ahamiyatga ega. Mazkur omillar me’yor darajasida 
bo‘lmagan holda turizm ancha mashaqqatli va xavflidir.
Bunday hollarda sayohat mamlakati (mintaqasi)dagi ekologik va siyosiy vaziyat to‘g‘risida 
turistlarga haqqoniy va to‘liq axborot berish juda muhimdir. Agar turistik firma siyosiy va 
ekologik jihatdan beqaror hududlarda xavfsizlikni kafolatlay olmasa, mazkur mintaqalarga 
sayohatlar kamayadi. Bunga misollar juda ko‘p. Masalan, Fors ko‘rfazidagi urush paytida 
mazkur mintaqa mamlakatlariga sayohatlar o‘sha davrda 90% ga kamaydi. Ekologik jihatdan 
beqaror hududlar (Ukraina va Belorussiyaning ba’zi bir hududlari)ga sayohatlar tashkil 
etilmaydi.
Turist o‘ziga notanish joyga, ko‘pincha boshqa mamlakatga safar qiladi. Bu yerning 
iqlimini, sayohatda o‘ziga qanday buyumlar, himoya vositalari, dori-darmonlar kerak bo‘lishini u 
ko‘pincha bilmaydi. Tildagi tafovut tufayli joyda mo‘ljal olishga u qiynaladi. Turistga sayohatda 
nima kerak bo‘ilishi ko‘zda tutish va unga foydali maslahatlar berish turistik firmaning 
vazifasidir. 
Bunga turistik biznes bilan yaqin hamkorlikda ish olib boruvchi AQShning "Pepto-
Bismol" tibbiyot kompaniyasi tajribasini misol qilib keltirish mumkin. Uning "Sayohatchiga 
maslahatlar" (Travelers Advisory) nomli bukleti turistik yo‘llanma sotib olgan har bir turistga 
bepul taqdim etiladi. Ushbu bukletda turli mamlakatlarga sayohat qilayotgan turistlar o‘z 


sog‘ilig‘ini saqlashi yuzasidan juda zarur maslahatlar berilgan. Bu maslahatlar turist sayohatini 
salomatlik nuqtai nazaridan ancha xavfsiz qilish imkonini beradi.
Buklet mualliflari sayohatga chiqishdan oldin eng avvalo tanlangan joyning iqlim sharoiti 
haqida ma’lumotlar olishni maslahat beradi. Bu sharoit turistga tibbiy ko‘rsatmalar nuqtai 
nazaridan (allergiya, arterial bosimning yuqoriligi va b.) mos kelmasligi mumkin. Ayrim 
ekvatorial mamlakatlarga safarga chiqish uchun mamlakatga kirishdan kechi bilan 10-15 kun 
oldin sariq bezgakdan emlatish shart. Boshqa tibbiy talablar qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. 

Download 364.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling