Amaliy mashg’ulot rejasi


Download 364.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana08.03.2023
Hajmi364.13 Kb.
#1249917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

 
 
7.2. Tashishni tashkil etishda xavfsizlikni ta'minlash.
 
Turizmni tashkil etishda muhim elementlardan biri turistlarning hayoti va xavfsizligini 
ta’minlash hisoblanadi. Ijtimoiy va jismoniy xarakterdagi xavf turizm industriyasi sub’ektlari 
tomonidan hisobga olinishi va turistik faoliyatda xavfsizlikka xavf soluvchi turli xil 
tahdidlarning oldini olish va kamaytirish choralari ko’rilishi kerak. Xavfsizlikni ta’minlash 
turistlarning kelishi, davlat xududida yurishi, hayoti, sog’ligi va mulki saqlanishi hamda 
xavfsizligiga kafolat beruvchi milliy qonunchilik doirasida kompleks chora-tadbirlar ko’rilishini 
ko’zda tutadi. 


Turizm xavfsizligini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro tajriba BTT (VTO) tomonidan tadqiq 
etiladi va umumlashtiriladi. Sayyohat xavfsizligi deklaratsiyasi turizm Xartiyasida ishlab 
chiqilgan. 
Turizm bo’yicha Gaga deklaratsiyasi (1998 y.)da ta’kidlanishicha, «turizm bir maromda 
ahamiyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun sayohatchilar va ta’tilchilar xavfsizligini ta’minlashga 
zarurat sezadi, bu ham milliy, ham xalqaro, ham ularning shaxsiy mulki uchun juda muhimdir». 
Bunga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: 
▪ turistik 
kelishlar 
va 
sayyohatchilar 
uchun 
xavfsizlik 
me’yorlarini 
ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
▪ jamoatchilikni madaniy oqartuv ishlardan xabardor qilish; 
▪ turistik xavfsizlik bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun institutlar doirasini 
yaratish, jumladan favqulodda vaziyatlarda; 
▪ regional (mintaqaviy), subregional, regionallararo ikki tomonlama xalqaro xamkorlikda 
va jahonda xizmat davlat yoki munitsipial politsiya qismi qisoblanadi. 21% mamlakat maxsus 
turistik politsiya xizmatiga ega bo’lib, ulardan yarimi turistlarga ularning muammolarini hal 
etishda ko’maklashadi. 
Turistik 
politsiyaga 
shuningdek 
madaniy 
yodgorliklar, 
atrof 
muhitni 
qo’riqlash giyohvandlikka qarshi kurash, turistlarga axborot berish, mahalliy etnik guruhlarni 
himoyalash vazifasi ham yuklangan. Ammo faqat 9 mamlakatdagina shu asosda turistik politsiya 
tuzilgan va maxsus qonun mavjud. 41% mamlakatda turistik politsiyaga chet tillar o’rgatiladi, 
37% mamlakat turistik muassasalar, firmalar va oddiy politsiya bilan muntazam aloqa 
o’rnatgan. 
Xalqaro tajriba ish shuni ko’rsatadiki, bir qator davlatlar jahonning u yoki bu mamlakatiga 
va regionallariga tegishli tavsiyalar chiqarishadi. Misol uchun, AQSh Davlat departamenti 
muntazam safar tavsiya etilmaydigan, ko’p hollarda taqiqlangan mamlakatlar ro’yxatini e’lon 
qilib boradi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi 1996 yilda nemis turistlari borishi tavsiya 
etilmaydigan jahonning 80 mamlakati ro’yxatini e’lon qilib, Afg’oniston, Angola, Burundi, Zair, 
Liviya, Ruanda, Somali va Sudan kabi mamlakatlarga sayohatni ta’qiqlaganda. 
Turizmga mo’ljallangan joylarda turistlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatish, qulayligi va 
xavfsizligini ta’minlashni, qabul qiluvchi mamlakat va aytrof-muhit milliy yoki jamoatchilik 
manfaatlarini bir-biridan ayrim holda ko’rib chiqish mumkin emas. Turizm sohasi va turistlar 
manfaatini himoya qilish uchun xavfsizlik me’yorlari ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda 
tashrif buyuruvchi ham, qabul qiluvchi ham o’zaro uyg’unlashishi lozim. 
Turizm sohasida turistlar himoyasi va xavfsizligi katta hajmdagi qator tartiblar va qarorlar 
bilan bog’liqki, ular nafaqat turistik ma’muriyat tomonidan, balki boshqa hamma ma’muriy 
organlar, turli iqtisodiy va ijtimoiy sektorlar (moliya, sog’liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza 
qilish, xududiy taraqqiyot, energetika, bandlik va h.k.) tashkilotlar tomonidan ham bajarilishi 
zarur. 
Shunday qilib, turizmda xavfsizlikni ta’minlash masalalarini quyidagi yo’nalishlarda 
ko’rib chiqish mumkin: 
• turistlar shaxsiy xavfsizligi va ularning mulklari, bular milliy turizm rivojlanishi va 
xalqaro hamkorlikning muhim vazifalaridan hisoblanadi; 
• turistlar ommaviy tashrif buyuradigan joylarda atrof-muhit xavfsizligi, turistik ob’ektlar 
xavfsizligi; 
• qabul qiluvchi davlatlar milliy manfaatlari xavfsizligi. 
Ko’rsatilgan 
yo’nalishda 
xavfsizlikni 
ta’minlash 
turistik 
faoliyatga 
jalb 
etilgan 
barcha 
tuzilma 
(struktura)larning 
birinchi 
galdagi 
muhim 
vazifalari 
hisoblanadi. Shuning uchun ham turizmda xavfsizlikni ta’minlash turli darajalarda amalga 
oshirilishini aytib o’tish kerak. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• turistik korxonalar;
• turistik markazlar ma’muriyatlari; 
• mahalliy hokimiyat;


• xalqaro tashkilotlar va davlatlararo organlar. 
Har bir bu darajalar turizmda xavfsizlikni ta’minlashga o’z hissalarini qo’shishi 
lozim.Turistik korxona turizm tizimida asosiy element hisoblanadi. U birinchi navbatda o’z 
mijozlari xavfsizligi to’g’risida qayg’urishi kerak. Turistik korxonalarda xavfsizlikni ta’minlash 
choralari haqida gapirar ekanmiz, shuni ta’kidlash lozimki, ularning ko’pchiligi tashkil etish 
bosqichida amalga oshiriladi. Sheriklarni, boriladigan manzilni tanlar, marshrut yo’nalishini 
ishlab chiqarar, transport vositasi va safarning boshqa elementlarini hisobga olar ekan, turistik 
korxona turistlarning shaxsiy xavfsizligi va mulki daxlsizligini ta’minlashni unutmasligi zarur. 
Jangovar xarakatlar borayotgan va unga tutash, terroristik tashkilotlar faoliyati sezilarli 
joylarga safarni rejalashtirishga mutloqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Xuddi shunday o’tkir yuqumli 
kasalliklar tarqalgan yoki tibbiy karantin joriy etilgan joylarga ham safar rejalashtirish, ishlab 
chiqish mumkin emas. 
Bir qator ixtisoslashgan safarlarda, eng avvalo, faol turizmda, turistik korxona turistlar 
sog’ligi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlashi zarur. Bunday safarlarga alpinizm, tog’ daryolari 
bo’ylab suzish , ekstremal turizm, turistik poxodlar va boshqalar kiradi. 
Yuqumli kasalliklar xavfi mavjud davlatlarga safar uyushtirish chog’ida turistik korxona 
belgilangan tartibda emlash o’tkazish va tegishli tibbiy sertifikatlar berilishiga qat’iy rioya qilishi 
zarur. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti BST (VOZ) «Xorijga safar chog’ida emlangani 
haqida guvohnoma talablar»ni ishlab chiqqan. U turistik korxonalar uchun, turistlarning o’zlari 
uchun ham amaliy qo’llanma bo’lib hisoblanadi. BST shuningdek «Epidemiologik yo’llanma» 
ham chiqaradi. Unda yuqumli kasalliklar tarqalishi eqtimolini kamaytirish bo’yicha tavsiyalar 
berilgan, shu jumladan turizmda. Xalqaro miqyosga ega bo’lgan kasalliklarga chuma, chechak, 
xollera, bezgak kiradi. Sayyohat chog’ida xavfli yuqumli kasalliklardan xoli bo’lishning ma’lum 
tibbiy-sanitariya tartiblari ham mavjud. Bu qoidalar mijozga safarga jo’nab ketishi oldidan 
axborot varaqasi ko’rinishida albatta berilishi shart. 

Download 364.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling