Amaliy mashg’ulot rejasi
Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari
Download 364.13 Kb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.
7.3.Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari.
Har bir ota-ona o'z farzandini guruh avtobusiga jo'natishda qo'rquv hissini boshdan kechirgan. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda yo‘nalishli transport vositalaridan tashqari bo‘lgan transport vositalari nazarda tutilmoqda. Bunda avtobus va mikroavtobuslar nazarda tutiladi. Chunki 2016 yil 1 martdan boshlab bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida tashish taqiqlab qo‘yilgan. Yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan avtobuslarda 8 va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi – bolalar guruhini tashkiliy tashish hisoblanadi. Maʼlumot uchun, 2016 yil 1 martdan boshlab kuchga kirgan, “Yoʻl harakati qoidalari”ga asosan , yoʻnalishli transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi - tashkillashtirilgan bolalar guruhi hisoblanadi. Bolalarni jamoaviy tashish uchun avtobus 10 yildan kamroq vaqt oldin ishlab chiqarilgan bo'lishi kerak. Agar avtobus yangi bo'lsa va faqat 5 yil ishlagan bo'lsa-da, lekin 2007 yilgacha chiqarilgan bo'lsa, unda bunday avtobus bolalar guruhini tashishga ruxsat etilmaydi. O'n yillik ortga hisoblash aynan avtomobil ishlab chiqarilgan yilidan boshlanadi. Tashishni tashkil etuvchi shaxs oldindan ariza berishi kerak. Bolalarni tashishni kuzatib borishni tashkil etish Davlat transport inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ariza u erga yo'naltirilishi kerak. Arizada quydagilar bo‘lishi kerak: • harakatning aniq yo'nalishi; • sayohatni boshlash vaqti; • sayohat davomiyligi; • har bir avtobusning tavsifi; • bolalar soni: barcha avtobuslar uchun yosh ko'rsatilgan ro'yxatlar; • Har bir avtobusda hamrohlik qiluvchi shaxslarning to'liq ismi; • Haydovchining to'liq ismi, uning hujjatlari. Agar bolalar 1-2 ta avtobusda sayohatga chiqsalar, bu holda yo'l politsiyasining kuzatib borishi shart emas. Biroq, mas'ul shaxs ularni niyatlari haqida xabardor qilishi shart. Download 364.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling