•
tashuvchi
parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni
tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon
qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga etkazish;
•
tranzit orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarga aeroportda
vaqtincha qolishlari mumkin
bo‘ladigan
sharoitlarni yaratishi;
•
sutkaning tungi vaqtida, zarurat bo‘lganda,
oraliq aeroportida havo transportida tashish
shartnomasida
belgilangan
vaqtdan
ko‘proq
ushlanib
qolgan xalqaro
tranzit
yo‘lovchilariga
tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida
aeroportni tark etishga
ruxsat berish choralarini ko‘rishi kerak;
•
O‘zbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yo‘lovchiga kirish huquqi man
etilgan hollarda, O‘zbekiston
Respublikasi hududidan olib chiqib ketish.
Tashuvchining javobgarligi
Aybdorlik isbotlangan taqdirda tashuvchi mulkiy, moddiy va boshqa javobgarlik uchun:
•
yo‘lovchining
o‘limi yoki
sog‘ligining yomonlashuviga olib kelgan
zarar uchun, agar
bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni ko‘rganligini yoki bunday
choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa;
•
ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to
u qabul
qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning
yo‘qolganligi,
Do'stlaringiz bilan baham: