Amaliy mashg`ulot Sohaga oid jarayonlarni modellashtirish va hisoblash


Download 194.26 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi194.26 Kb.
#1053625
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot (3Д МАХ) (1)


Amaliy mashg`ulot
Sohaga oid jarayonlarni modellashtirish va hisoblash (3D Max).

Bloklarni yaratish va shtrixlash. Uch o`lchamli ob’yeklarni tadqiq qilish. (2-soat)
Maqsad va vazifalar: 3D MAX dasturi bilan ishlashni o’rganish, ob`ektlar yaratish, ob`ektlarni uzgartirish, yorug’lik manballarini yaratish, kameralarni o’rnatish, tasvirni vizualizatsiyalash, animatsiya.
Jihozlar va dasturiy vositalar: Kompyuter xonasi, kompyuter, 3D MAX dasturi, video materiallar, mavzuga oid taqdimotlar

3D MAX dasturidan foydalanishni ko’rib o’tamiz. Bu uchun 3D MAX dasturini ochamiz.



  1. Dasturni ishga tushirish uchun sichkonchaning chap tugmasi bilan Windows sistemasining Start (Pusk) iga bosish kerak.

  2. 3DMAX yorligini (1.1-rasm) topish va unga sichkon chap tugmasini bosish kerak.



3DMAX ni ishga tushirish yorlig’i
Bundan keyin yozuvlarni qisqartirish uchun sichqon chap tugmasini LM ifoda bilan ko’rsatamiz. Dastur ishga tushirilgan. U yuklangan, ekranda 3DMAX interfeys paydo bo’lgan. Dastur ishchi maydoni proektsiya (soya)lar oynalariga bo’lingan. Ekranda proektsiyaning to’rtta oynasi – Top (yuqoridan ko’rinish), Front (oldindan ko’rinish), Left (chapdan ko’rinish) va Perspective (perspektiva - uzoqdan ko’rinish) bo’ladi. Yagona vaqtda oyna proektsiyalaridan faqat bittasi, ya`ni ko’rish uchun ajratilgani faol bo’ladi. Faol oyna oq rangli ramka bilan ko’rsatilgan.
Ob`ektlarni yaratish.
Standart sodda geometrik shakllarni qurish.
Parallelepiped panjarali (karkasli) parallelepiped qurish.

  1. Geometry (geometriya) tugmasida LM bosiladi va ob`ekt tugmalari ro’yxatidan Extended Primitives (yaxshilangan sodda shakllar) tanlanadi.

Object Type (ob`ekt turi) ro’yxatidan oddiy 7 primetiv turlariga mos keluvchi yozuvli tugmaalar paydo bo’ladi.





Ajratilgan tugmali asboblar paneli.

  1. Chamfer Box (fakat parallelepiped tugmasida LMni bosing).

Buyruq panelining quyi qismida uch yozuv: Creation Method (yaratish usuli), Keyboard Entry (klaviaturali kiritish) va Parameters (parametrlar) paydo buladi.

  1. LM bilan Perspective proektsiyasi oynasini bosing va tugmani qo’yib yubormasdan, asosini chizib, kursorni diagonal bo’yicha tortib boring.

Parameters (parametrlar) da Length (uzunligi) va Width (kengligi) parametrlar miqdorining o’zgarishini kuzating.

  1. Asos uzunligi va kengligini o’rnatish uchun sichqon tugmasini qo’yib yuboring.

  2. Parallelepiped balandligini berish uchun sichqonning yuqori quyi qo’yib yuborilgan tugmasida kursorni joylashtiring.

Parametrlar majmuasida Height (balandlik) parametri kiymatini kuzating.

  1. Balandlikni o’rnatish uchun LM ni bosing. Shundan keyin kursorni yana ba`zi bir masofa yuqoriga siljiting va LM ni bosing. Hozir siz o’lchagan masofa, 450 burchak bilan qirqiluvchi faska kengligiga teng bo’ladi. Faska balandligini shuningdek Fillet (faska) parmetri yordamida ham berish mumkin.

  2. Faska sirtini silliqlovchi Smooth (silliqlash) rejimini ulang. Natijada, yasalgan parallelepiped rasmda ko’rsatilgan ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

Biz segmentlar soni 1ga teng bo’lgan parallelepiped hosil qildik. Segmentlar sonini o’zgartirish uchun Lengs Segs (uzunligiga ko’ra segmentlar) va Width Segs (kengligiga ko’ra segmentlar) parametrlarni ko’rsatish kerak. Segmentlar sonini oshirish ob`ektining turli qobig’ini keyinchalik tahrirlash uchun zarur bo’ladi. Faska chegarasida segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo’yicha segmentlar) o’zgaruvchisi yordamida berish mumkin.



Faskali parallelepiped
Faskali tsilindr.

  1. Create (yaratish) buyruqlar panelida Geometry (Geometriya) tugmasini bosing. Ro’yxatdan Extended Primitives (yaxshilangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer suv (faskat tsilindr) tugmasini bosing.

Bu ishlar yordamida tsilindrli sektor va ko’p qirrali prizmani yaratish mumkin.

  1. Tsilindrning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha bo’lgan asosini yasash uchun Creation Metod (Yaratish usuli) majmuasi ulagichini Ende (chekkadan) holatida, uni dismetri bo’yicha cho’zib, o’rnating.

  2. Radius miqdoriga ko’ra markazdan asosan yasash uchun Center (markazdan) ulagichini o’rnatish kerak.

Tsilindr asossining boshlang’ich nuqtasi joylashadigan proektsiyaning ixtiyoriy oynasidagi nuqtaga LM ni bosing va uni qo’yib yubormasdan, asosini chuzib kursorni toping. Asos radiusini o’rnatish uchun sichkon tugmasini qo’yib yuboring.
Parameters (parametrlar) majmuasidagi Radius (Radius) parmetrining miqdori asos radiusi o’zlarining ko’rsatadi.

  1. Sichqonning yuqori yoki quyida qo’yib yuborilgan tugmasida kursorni, tsilindr balandligini berish uchun, joylashtiring. Balandlikni o’rnatish uchun LM ni bosing. Hozir o’lchangan masofa 450 burchak ostida qirqilgan faskaning kengligiga teng bo’ladi.

  2. Parameters (parametrlar) majmuasidagi quyidagi parametrlarning qiymatini bering:

Height (Balandlik) tsilindr balandligi Height Segments (balandligiga ko’ra segmentlar) – sirt segmentlari miqdori; Cap Segments (asos aylanasi) – radiusiga ko’ra segmentlar soni;
Fillet (faska) – faska miqdori;
Fillet Segs (faska bo’yicha segmentlar) – faska bo’yicha segmetnlar. Tsilindrni yasash natijasi rasmda ko’rsatilgan.


Faskali tsilindr.

Download 194.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling