Amaliy mashg`ulot: Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan)
Download 25.16 Kb.
|
1-amaliy mashgulot
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, oʻtilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini) tekshirish, yagʻni bilimlarni oʻrganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni oʻtishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, oʻqituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va koʻrgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar koʻrish, maqolalar oʻqish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar yozish va rasmlar chizish qoʻllaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni oʻtishda keng tarqalgan xato — barcha ishlarni koʻrgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) oʻqish va aytib berishdan iborat qilib qoʻyishdir. Tabiatshunoslik oʻqituvchisi tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
reja: Ekskursiya darslari. Ekskursiyalarda bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xoʻjaligida, muzeylarda oʻsimlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Ekskursiyalar avval qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas boggʻlanadi: ekskursiyada koʻrilgan obyektlar kurs davomida koʻp marta yodga olinadi, toʻplangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi eks-kursiyalarda oʻquvchilar avval olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar, topshiriqlar boʻyicha mustaqil kuzatishlar oʻtka-zadilar va material yiggʻadilar. Darslarning uy vazifalari bilan, xususan, eksperimental xarakterdagi topshiriqlar bilan boggʻliqligi aniq va ravshandir. oʻquvchilar uyda uncha murakkab boʻlmagan tajribalarni amalga oshiradilar, kuzatishlar oʻtkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot boʻlaklarini yelimlaydilar, jadval toʻldiradilar, rasmini chizadilar). Bu oʻqitishning eng yuqori koʻrgazmalilikka va oʻquvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir. Dasturning deyarli har bir mavzusi boʻyicha ekskursiyalar moʻljallangan. Vatanimizning tabiiy sharoiti ular sonini ancha koʻpaytirishga imkon beradi. Ekskursiya oʻquv-taibiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali oʻqitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi oʻquv yilining boshida bir yil uchun choraklar boʻyicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish; aniq oʻquv-tarbiya vazifalarini belgilash; obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish; kengaytirilgan ish rejasini tuzish; ekskursovodni yoki korxona xodimlarini oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish; oʻquvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qoʻyish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash); kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yoʻnalish tanlash; ekskursiya oʻtkazish uchun yordamchilarni tayyorlash. Ekskursiya vaqtida oʻtkaziladigan va bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat: I) ekskursiya vaqtida oʻquvchilar ekskursiya joyigacha yoʻ1-yoʻlakay kuzatishlar oʻtkazib boradilar; 2) ekskursiya davomida oʻqituvchi tushuntirib boradi; 3) ekskursiya joyida oʻquvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar; 4) ishchilar va muhan-dislar bilan suhbatlashadilar; 5) tabiiy material yiggʻadilar va oldindan tayyorlab qoʻyilgan jild, quticha, bonkalarga soladilar; 6) oʻlchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda) olib boradilar; 7) kompas boʻyicha yoʻnalishlarni aniqlaydilar; 8) rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar, xulosalarni umumlashtiradilar; 9) kuzatayotgan obyektda baholi qudrat ijtitnoiy foydali mehnat qiladilar. Ekskursiya vaqtida toʻplangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material boʻlib xizmat qiladi yoki ulardan koʻrgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foydalaniladi. Ekskursiyada toʻplangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1- sinfda “Alifbe” oʻqitilayotgan davrda oʻquvchilar bilan “Kuz” mavzusi boʻyicha ikkita ekskursiya oʻtkaziladi, ekskursiyalar vaqtida oʻquvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida oʻsimliklar hayotidagi oʻzgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yiggʻadilar. Qish va bahorda oʻquvchilarning oʻsimliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni koʻrishlari uchun kelgusi ekskursiyalar oʻsha obyektlarda oʻtkaziladi. 2-sinfda tabiatdagi mavsumiy oʻzgarishlar mavzusi bilan boggʻlq holda ekskursiyalar oʻtkaziladi, ularda oʻqituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqur-lashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi. 1- sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 oʻsimlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2- sinfda bunga yana 3-4 oʻsimlik turi qoʻshiladi, 3- sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6-8 oʻsimlik turlari (daraxt, buta va oʻt oʻsimliklari)ni taniy va tagʻriflay olishlari, 4- sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak. Ekskursiya oʻquvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiravchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur boʻlgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng koʻp tarqalgan suv oʻsimliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga oʻtkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3-sinf): 1) ilgari tabiatga (boggʻcha, xiyobonga) oʻtkazilgan ekskursiya mazmuni boʻyicha suhbat;2) yangi mavzu boʻyicha (suv havzasining mavjudotlari haqida) kirish suhbati; 3) oʻsmliklarni kuzatish; 4) hayvonlarni kuzatish; 5) yaqinda joylashgan suv havzasidagi oʻsimlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish; 6) ekskursiya materialini yiggʻish; 7) umumlashtiruvchi suhbat; 8) uyga vazifa berish (jadval). Ekskursiya jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda oggʻzaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), koʻrgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (oʻquv-chilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foy-dalanadi. Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki oʻiganilayotgan obyekt toʻggʻrisida yangi magʻlumotlar olishlari va ulardan amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini oʻquvchilar soʻzlab bera olishlari lozim. 0gʻqitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga oʻxshash boʻlgan ekskursiya ayni vaqtda oʻziga xos belgilarga ham egadir. U maktabdan tashqarida oʻtkaziladi va koʻproq vaqt talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki oʻrganish obyekti tomon va orqaga qarab harakatlanishga ham sarflanadi. Ekskursiya vaqtida bilimni faqat oʻqituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi - atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirishdir. Sinfda esa tabiiy obyektlar koʻpincha koʻrgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga qaraganda oʻrganiladigan obyekt va hodisalarning aniq boggʻlanishlari osonroq belgilanadi. Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling