Amaliy mashg`ulot: Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan


Download 25.16 Kb.
bet3/3
Sana24.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1226247
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

reja: Predmetli dars. Bu tipdagi darslarda oʻquvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni koʻrib chiqadilar va taqqoslaydilar, ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini oʻrganish keng tarzda yoki guruhlar boʻyicha olib boriladi.

Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda oʻtkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda boʻlishi kerak, unda bolalar oʻrganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab boʻlmagan tajribalarni oʻtkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning sanoggʻi salmoqli boʻlishi kerak.
Predmetli darslarni oʻtishga oʻqituvchi puxta tayyorlanishi lozim. Tarqatma materiallar oʻquvchilar soniga toʻggʻri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yiggʻilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki toʻkilgan barglari, meva va uruggʻlar kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)dan foyda-lanish mumkin.
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti bahorgi va yozgi tagʻtil kunlaridir. Bu davrda bolalarga tabiatshunoslik xonasi uchun tabiiy material yiggʻib kelish topshiriladi, bu imkoniyatlardan foydalanmoq lozim. Biroq bunda oʻquvchilar tabiatni muhofaza qilish va oʻsimlik hamda hayvonlarga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlish zarurligini esda tutishlari kerak. 2-sinf dasturida predmetli darslar moʻljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi oʻsimliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va uruggʻlarni taniy otishga oʻrganadilar, qishda oʻsimliklar hayotini, oʻsimliklarning uruggʻlardan rivojlanishini (ilgarigi tajribalar asosida) kuzatadilar. 3-sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari toʻggʻrisida boshlanggʻich magʻlumotlar oladilar.
Garchi 3-sinf oʻquvchilari 2-sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi bagʻzi ish tajribasiga ega boʻlsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd
qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqidagi maxsus yoʻ1- yoʻriqlarga ehtiyoj sezadilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • dars mavzusi va maqsadini bildirish;

  • ish rejasini doska va daftarlarga yozish;

  • tarqatma material bilan mustaqil ishlash;

  • ish mazmuni boʻyicha suhbat (oʻrganilayotgan obyekt xususiyatlarini tagʻriflash, uni ilgari oʻrganilganlar bilan taqqoslash, qoʻshimcha koʻrgazmali material bilan ishlash);

  • daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;

  • bilimlarni mustahkamlash va baholash.

Oʻquvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, oʻqituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun oʻquvchilar bilan tabiatshunoslik darslaridan: 2-sinfda “Termometr”, 3-sinfda “Foydali qazilmalar”, 4-sinfda “Kompas boʻyicha oriyentirlash” va shu kabi mavzu- maqolalarni oʻqiydi. Suhbat jarayonida oʻqituvchi predmetli darslarda oʻrganilgan va darslikda tagʻriflangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling