Amaliy mashg`ulot: Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan


Download 25.16 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1226247
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


  1. amaliy mashg`ulot: Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan dars

turlari
Reja:

  1. Aralash dars.

  2. Ekskursiya darsi.

  3. Predmetli dars.

Maktabda oʻquvchilarga tagʻlim va tarbiya berish oʻquv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi.


Oʻqitishning shakli tarbiyaviy tagʻlim jarayonida oʻqituvchi tomonidan foydalaniladigan oʻquvchilarning oʻquv, idrok qilish faoliyatini oʻtkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
Maktablarda oʻrganiladigan barcha predmetlar uchun oʻquv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va magʻlum darajada darslikda belgilangan oʻquv materiali oʻqitiladi. Darslarga qatnashish oʻquvchilarga majburiydir.
Dars deganda magʻlum fanlardan, magʻlum hajmdagi bilimlarning magʻlum yoshdagi oʻquvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi boʻlgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini koʻtarish, nazariy bilimlarni hayot bilan boggʻlab olib borish, yangi pedagogik texnologiyani qoʻllab dars oʻtish oʻquvchilarning tabiatshunos- likdan olgan bilimlarini egʻtirof etish oʻquvchilarda tabiatshu-noslikdan bilimlarni oʻzlashtirishga yanada qiziqish uyggʻotadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Darsda butun tagʻlim-tarbiya tizimi: oʻqitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida oʻquvchilar dasturga muvofiq, oʻqituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy oʻquv va koʻnikmalar oladilar. oʻqituvchi materialni oʻquvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil oʻquv, koʻrgazmali qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, oʻquvchilarga darslik bilan mustaqil ishlash, oʻz bilimlaridan amalda foydalanish oʻquvlarini singdiradi.
Darsda har xil metodlarning qoʻllanilishi yangi mavzuni toʻliq va ravshan yoritishga imkon beradi, oʻquvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi.Dars tagʻlim jarayonida oʻquvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa oʻz navbatida, oʻquvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki oʻquv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.

Tabiatshunoslikni oʻqitish metodikasida oʻquv ishlarining koʻp xildagi shakllari qaror topgan. oʻsimlik, hayvon va odam hayoti hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari oʻiganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni oʻqitish tizimining oʻziga xosligini belgilaydi.
Tabiatshunoslik oʻqitishning asosiy shakli - darslarga qoʻshimcha holda maktab amaliyotida oʻqituvchining oʻquvchilar bilan olib boriladigan oʻquv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgani Metodikjihatdan toʻggʻri tashkil etilgan oʻqitish jarayonida shu oʻqitishning barcha shakllari asosiy shakl - dars bUan oʻzaro boggʻliqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradi.
Tabiatshunoslik daislarida oʻqituvchi barcha oʻqitish metodlarini: oggʻzaki, koʻrgazmali va amaliy metodlarni qoʻllaydi. U oʻsimlik va hayvonlarni namoyish etadi. Amaliy ishlarni bajarish yoʻli bilan oʻquvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi oʻsimlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda biigalikda yashashlarini koʻrsatib boʻlmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik oʻqitish metodikasida darslarni toʻldiravchi maxsus shakllar qoʻllaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, oʻsimlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. oʻrganilayotgan materiallar, tushunchalar yiggʻindisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas boggʻlanadi, ekskursiyada koʻrilgan obyektlar kurs davomida koʻp marta esga olinadi, toʻplangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda oʻquvchilar ilgari olgan bilimlarini qoʻllab, topshiriqlar boʻyicha mustaqil kuzatishlar oʻtkazadilar va material yiggʻadilar.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida oʻquv-chilarning egallagan bilimlaridan, koʻnikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qoʻyilgan didaktik masalani mu-vaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmuni maqsadiga mos kelganligini koʻrsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni boʻlaklarga boʻlish, oʻqitish usullarini tanlash va darsning turli elementlarining oʻzaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni oʻzlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. oʻqitish uslublari va darsning toʻliq tuzilishi belgilanadi.
Tabiatshunoslik darslariga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:1. oʻquvchilarni tabiatdagi mavsumiy oʻzgarishlar,
vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, yerning shakli va relyefi, odam oiganizmi va uning salomatligini muhofaza qilish toʻggʻrisidagi bilimlar bilan qurollantirish; 2. Botanika, geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi boʻyicha oʻquv materialini oʻzlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta oʻquv va koʻnikmalarni shakllantirish; 3. Oʻqitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;

  1. Rivojlanishning har tomonlama garmonik boʻlishiga erishish; 5. Tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilim olish uquvlarini hosil qilish; 6. Tabiatshunoslikni oʻrganishga qiziqishni shakllantirish; 7. Mehnatsevarlikni, maktabda va oʻquv-tajriba maydonchasida mehnat qilish xohishini tarbiyalash.


Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling