Matnda biror matn bilan boshlanuvchi qator bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun StartsWith(), biror matn bilan tugovchi qator bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun esa EndsWith(), uslubidan foydalaniladi. Funksiya qiymati qidiriluvchi satr topilsa, true aks xolda false ga teng bo‘ladi.
Misol:
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.StartsWith("Hello")); // true
Console.WriteLine(s.StartsWith("World")); // false
Console.WriteLine(s.EndsWith("World")); // true
Console.ReadLine();
}
Matnning biror pozitsiyasiga boshqa bir matnni qo‘shish uchun Insert() uslubidan foydalaniladi.
static void Main(string[] args){
string s = "Hello World";
Console.WriteLine(s.Insert(5,",")); //5 pozitsiyaga “,” qo‘shiladi, ya’ni "Hello, World";
Console.ReadLine();
}
Matnning biror pozitsiyasidan boshlab qolganlarini o‘chirish uchun Remove() uslubidan foydalaniladi.
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Remove(5)); // ekranga "Hello" chiqadi.
Console.ReadLine();
}
Agar matnning biror pozitsiyasidan boshlab ma’lum sondagi belgilarni olib tashlash zarur bo‘lsa, ikkinchi argument sifatida kesib tashlanuvchi belgilarni soni ko‘rosatiladi. Masalan: s.Remove(3, 5) – 3 pozitsiyadan boshlab 5 ta simvol o‘chirilgan holdagi qiymatni qaytaradi.
Berilgan matndan ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlanib ma’lum satrni qirqib olish uchun Substring() uslubidan foydalaniladi.
Agar uslubdan foydalanishda 1 ta argument ishlatilsa, funksiya qiymati argumentda ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlab, matn oxirigacha bo‘lgan belgilarga teng bo‘ladi. Masalan:
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Substring(7)); // ="World"
Console.ReadLine();
}
Agar uslubdan foydalanishda 2 ta argument ishlatilsa, funksiya qiymati argumentda ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlab, ikkinchi argument qiymatiga teng miqdordagi qirqib olingan belgilarga teng bo‘ladi. Masalan:
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Substring(3,7)); // =lo, Wor
Console.ReadLine();
}
Do'stlaringiz bilan baham: |