10. Xrapovikli mexanizm ishlamasining tasvirlanishi
Xrapovikli mexanizm valning orqaga aylanib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mexanizm ikki asosiy detaldan: tishli g‘ildirakdan (xrapovikdan) va g‘ildirak tishlari bilan ilashmada bo‘lgan sobachkadan tuzilgan (22-shakl).
Agar val orqaga aylansa, sobachkaning uchi valga o‘rnatilgan xrapovik tishlari (o‘yiqlari) orasiga tushib, valning orqaga aylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xrapovik chizmalarda faqat bitta yoki ikkita tishlari ko‘rsatilga holda soddalashtirib chiziladi (GOST: 305-68). O‘yiqlari aylanasi ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi (22-shakl, b).
22-shakl
11. Shlitsali birikmalar (GOST 2.409-74)
Shlitsalar aylanma sirt (val, vtulka) larda joylashgan qator tishlardan iborat bo‘lib, bu tishlarning profili: uchburchaklik, to‘g‘ri burchaklik va evalventa shaklida bo‘lishi mumkin. Val shlitsasi vtulka shlitsasi bilash tishlashib aylanma harakatni uzatadi va o‘q bo‘ylab yengil siljiydi. Shlitsali birikmalar chizmani GOST 2.409-74 ga muvofiq bajariladi. Val va vtulkadagi shlitsa tishlarining yasovchilari va tishlar profilining aylanasi asosiy tutash chiziqlarda tasvirlanadi. O‘yiqlar aylanasi va yasovchilari ingichka tutash chiziqlarda ko‘rsatiladi (23-shakl, a, b).
Val va vtulkaning bo‘ylama qirqimida o‘yiq sirtlarning yasovchilari asosiy tutash chiziqlari tasvirlanadi (24-26 shakllar).
Shlitsali detallarga o‘lchamlar GOST 1139-80 muvofiq qo‘yiladi. Masalan, o‘quv chizmalari to‘g‘ri burchakli shlitsalarning soni (8), ichki va tashqi diametrlari hamda tishning eni (7) ni ko‘rsatish bilan chegaralanadi. 8 x 36 x 40 x 7 GOST 1139-80.
23-shakl 24-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |