Amaliy mashgulot


Download 36.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi36.12 Kb.
#1835229
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu

  
Tashxisi. Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash epidemiologik anamnezni to‘g‘ri 
baxolash muhim axamiyatga ega. Laboratoriya tekshiruvlardan: qonda gipoxrom 
anemiya, leykopeniya, nisbiy limfotsitoz, neytropeniya, aneozifiliya va 
trombotsitopeniya bo‘lishi gemorragik isitmalarga xosdir. Leykopeniya va 
trombopeniya darajasi kasallikning og‘ir-engilligini ifodolaydi. Qonda umumiy 
oqsil va globulinlar kamayib ketadi.
Kasallik tashxisi, albatta virusni aniqlash va spetsifik antitelolar titri ortishini 
aniqlashga asoslanmog‘i kerak. Bemorlardan olingan materialda (qon yoki orka 
miya suyuqligi) virusni aniqlash uchun flyuoressensiyalanuvchi antitelolar usuli va 
bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasidan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar: komplementni biriktirish reaksiyasi, neytralizatsiya 
reaksiyasi va boshqalar bemor qonida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan 
bo‘lib, ularni juft zardob usulida (birinchi marta qon kasallik boshlanishida — 
o‘tkir davrida, ikkinchi marta — 2-3 xafta o‘tgach, reqonvalesensiya davrida 
olinadi) tekshiriladi.
  


Davolash. 
Davolashning spetsifik usullari bo‘lmaganligi tufayli,
o‘tkaziladngan tadbirlar asosan infeksion-toksik shok va gemorragiyani bartaraf 
etish hamda yurak-qon tomir sistemasi faoliyatiii yaxshilashga, shuningdek 
yiringli septik asoratlar oldini olishga qaratilmog‘i kerak.
Bemor tezlikda kasalxonaga yotqizilib, kasallikning boshlang‘ich va avj olish 
davrida hamda reqonvalessentlik davrining birinchi 2 xaftasida qatiy yotish 
rejimida ushlanadi. Parhezi — yengil xazm bo‘ladigan, yuqori kaloriyali va 
vitaminlarga boy ovqatlardan iborat bo‘ladi. Suyuqlik (meva va sabzavot 
sharbatlari, ma’danli suvlar) ko`p beriladi.
Etiotrop davolash sifatida kasallikning birimchi 10 kunida (virusemiya davrida) 
ilgari kasallanib tuzalgan kishilar qonining zardobi, yoki plazmasi 150-200 ml 
miqdorida mushak orasiga, og‘ir kechganda 400-600 ml vena tomiriga yuboriladi.
Davolashning dastlabki kunlaridan boshlab, gemorragiyani oldini olish va 
to‘xtatish maqsadida, askorbin kislotasi (sutkada 500-600 mg), rutin 0. 01 3 
marta, vitamin K va V gurux vitaminlar, shuningdek qon va plazmani bo‘lib-
bo‘lib quyish, jelatina, kalsiy xlorid va boshqalar keng qo‘llanadi.
Intoksikatsiya va suvsizlanishga qarshi gemodez, poliglyukin, albumin,
plazma va boshsa suyuqliklar venaga, yoki klizma yo‘li bilan yuboriladi. Sutka 
davomida yuboriladigan suyuqlik miqdori 500 ml dan 2 litrgacha bo‘ladi.
Intoksikatsiya kuchli bo‘lganda qon quyish va kortiqosteroidlar yaxshi samara 
beradi.
Bemorni qunt bilan parvarish qilish va to‘g‘ri ovqatlantirishning axamiyati 
katta. Kasallik avj olgan davrda xayvonot oqsillari va yog‘lar chegaralanadi, kefir,
qatiq, tvorog, kisel, sharbatlar, sho‘rva, suyuq bo‘tqalar beriladi. Mushak 
og‘riqlarida illiq vannalar, uykusizlikda osoyishta rejim, takroriy qusish va 
hiqichoq tutganda me’dani 2% li natriy bikorbanat eritmasi bilan yuvish,
anestezin, novokain va yalpiz preparatlaridan ichirish, venaga 10% li natriy xlorid 
eritmasi va teri ostnga 1 ml 2. 5% li aminazin yuborish yaxshi natija beradi. Og‘iz-
tomoq soxasida bo‘ladigan ikkilamchi asoratlar oldini olish maqsadida og‘iz 
bo‘shlig‘ini parvarishlash, uni dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, so‘lak 
ajralishini kuchaytirish uchun qotgan non chaynash tavsiya etiladi. Bemorda 
ikkilamchi bakterial asoratlar paydo bo‘lgani taqdirda antibiotiklar tayinlanadi
1
.

Download 36.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling