Amaliy mashgulot
Download 36.12 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON GEMORRAGIK ISITMASI
Amaliy mashgulot: Gemorragik isitma. Qrim (janubiy) gemorragik isitmasi. Etiologiya, epidemiologiya, patogenezi. Klinik belgilari. Laborator tekshiruvlar. Davolash. Profilaktikasi Klinik mashgulot: Talabalar bilan bo‘limdagi bemorlarni kuratsiyasi kilish.Bemorlar bo‘lmaganda arxiv kasallik tarixlari bilan ishlash. Gipertermik sindromni bartaraf kilish amaliy ko‘nikmasini kadamma-kadam bajarish texnikasini amalga oshirish. GEMORRAGIK ISITMALAR (GI) Gemorragik isitmalar — isitma, kuchli intoksikatsiya va gemorragik alomatlar bilan ifodalanuvchi, arboviruslar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklar. Gemorragik isitmalar juda qadnm eamonlardai (masalan Jurjoniy — 1110 y. ) ma’lum bo‘lsada ularni aniqlash va o‘rganish asosan XX-asrning 40yillaridan boshlandi. Qadimdan o‘ebeklar bu kasallikni "qora xalak" deb atab kelishgan. Gemorragik isitmalar epidemiologik xususiyatlarnga qarab uch guruxga bo‘linadi: 1. Kanalar orqali yuqadigan GI-lar (Qirim-Qongo GI va unga o‘xshash kechadigan O`zbekiston GI, Omsk GI va b, ). 2. Chivin orqali yuqadigan GI-lar (sariqlik isitma, Denge-Chikungunya va Rift- Valli GI-lari). 3. Qongagioz zoonoz GI-lar (buyrak sindromi bilan o‘tadigan GI, Argentina GI-si, Marburg isitmasi va b. ). Bizda Qrim-Qongo GI-si guruxiga mansub. biroq undan o‘zining og‘ir kechishi va boshqa ayrim xususiyatlari bilan farqlanuvchi O`zbekiston (O`rtaOsiyo) gemorragik isitmasi uchraydi. O‘ZBEKISTON GEMORRAGIK ISITMASI O‘zbekiston isitmasi - kuchli intoksikatsiya, isitma, gemorragik alomatlar va ichki a’zolarning zararlanishi bilan namoyon bo`ladigan ko‘pincha og‘ir kechadigan o`tkir yuqumli kasallik. O‘zbekistonda gemorragik isitmalarni o‘rganish T. I. Mixaylov, N. I. Xodukin, A. L. Katsenovich, I. D. Itskovach I. K. Musaboev va boshqalarning (1946-1955 y. ) nomlari bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda A. M. Meliev boshchiligida bir gurux olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Download 36.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling