Amaliy mashg`ulotida ta`lim texnologiyasi modeli mavzu
Download 0.77 Mb.
|
Mavzu xomiladorlik fiziolof amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob-anjomlar: Santimetrli lenta, paxtali sharcha, homiladorlar individual kartasi yoki tug‘ruq tarixi. Ko‘nikmaning bajarilishi
- Homiladorlik muddatini aniqlash Kerakli jihozlar
O‘quvchi bilishi kerak:
1. Homilador ayolning bachadon tubi balandligini aniqlashni (BTB) 2. Homilador ayolda qorin aylanasini aniqlashni (QA) O‘quvchi bajarishi kerak: Homilador ayolda qorin aylanasi va bachadon tubi balandligini aniqlash tartib-qoidalarini. Kerakli asbob-anjomlar: Santimetrli lenta, paxtali sharcha, homiladorlar individual kartasi yoki tug‘ruq tarixi. Ko‘nikmaning bajarilishi: 1. Homilador ayol qattiq kushetkaga chalqancha yotqiziladi. 2. Homilador ayol qornining oldingi sohasi yalong‘ochlanadi. 3. Akusherka ayolning o‘ng tomoniga o‘tadi. 4. Santimetrli lentani qo‘liga olib, homilador ayol qornining oldingi yuzasini paypaslaydi va bachadon tubini topadi (qovning yuqori qirrasidan to bachadonning eng burtib chiqqan qismigacha), shu masofa santimetrli lenta bilan belgilab olinadi. 5. Homilador ayolda qorin aylanasini aniqlash uchun, ayol belining o‘rtasidan santimetrli lenta o‘tkazilib kindikning ro‘parasida birlashtiriladi, masofa belgilab olinadi. 6. Homila taxminiy vaznini aniqlashning Jordania formulasi: M = BTB x QA Masalan: BTB (38)sm x QA (100)sm = 38 x 100 = 3800 g. BTB – bachadon tubining balandligi QA – qorin aylanasi M – homilaning massasi 7. Jonson formulasi: M = (BTB – 11) x 115 M – homilaning massasi BTB – Bachadon tubi balandligi 11 – Jonson bo‘yicha o‘zgarmas koeffitsiyent, agar ayolning massasi 90 kg dan ortiq bo‘lsa 12 bo‘ladi. 115 – o‘zgarmas koeffitsiyent. M = (BTB – 11) x 115 = (38–11) x 115 = 27 x 115 =3105 g. Eslatma: homila taxminiy vaznini aniqlashda ko‘psuvlilik yoki kamsuvlilikda 200, hatto 500 g gacha adashish mumkin. Homiladorlik muddatini aniqlash Kerakli jihozlar: Kalendar,akusherlik modeli,kushetka,yozuv qog’ozlari,santimetrli lenta Amaliy ko’nikma harakat algoritmi Homilador ayolning songgi hayzining birinchi kuni va homilaning birinchi qimirlashi aniqlanadi va shunga qarab tug'ish vaqti aniqlanadi. Tug’ish vaqtini aniqlash uchun Niger usulidan foydalaniladi. Buning uchun oxirgi hayzying birinchi kunidan 3 oy orqaga chegirilib, unga 7 kun qo'shiladi. Masalan: oxirgi hayz kuni 20 avgust 2006 yilda bolsa, tug'ruq 2007 yilning 27 mayida bo’ladi. Shuningdek tug'ish vaqtini ayol homilaning birinchi marta qimirlaganini sezgan kunidan boshlab hisoblanadi. Birinchi homiladorlikda homilaning qimirlaganini sezgan kuniga 140 kun (5 akusherlik oyi) va qayta homiladorlarda 54 kun (5, 5 akusherlik oyi) qo'shiladi. Homiladorlik muddatini bachadon o'lchami va tubining balandligi asosida aniqlash ham mumkin. Akusherlik hisobidagi 1 oy 4 haftalik homilador bachadon tovuq tuxumiday kattalashgan. 2 oy-8 haftalik bachadon g'oz tuxumiday kattalashgan. 3 oy-12 hafta-bachadon kattaligi yangi tug’ilgan chaqaloqning boshiday boladi. Qorin devori bo'ylab bachadon tubi balandligi santimetrli lenta yoki tazomer bilan o'lchanadi va quyidagi ko'rsatgichda bo'ladi: 4 oy - 16 haftalikda bachadon tubining balandligi 6-7 sm 5 oy - 20 haftalikda bachadon tubining baiandligi 12 sm 6 oy - 24 haftalikda bachadon tubiking balandligi 20-24 sm 7 oy - 28 haftalikda bachadon tubining balandligi 24-28 sm 8 oy - 32 haftalikda bachadon tubining bapandligi 28-30 sm 9 oy - 36 haftalikda bachadon tubining balandligi 32-34 sm 10 oy - 40 haftalikda bachadon tubining balandligi 28-32 sm Homiladorlik muddatini quyidagi formulalar bilan hisoblash mumkin. Libov-Daniaxe formulasi: X=L+4. X-aniqlanadigan homiladorlik muddati; L-bachadon tubining balandligi sm da; 4-esa Libov-Daniaxe koeffisienti. Masalan: bachadon tubi balandligi 28 sm bolsa, X=28+4=32 hafta. I.F.Jordania formulasi: X=L+S , formulada X-aniqlanadigan homiladorlik muddati (hafta), L-homilaning uzunligi; S-homilaning peshona-ensa o'lchami. Masalan: homilaning uzunligi tazomer bilan olchangani 25 sm, peshona ensa olchami ham tazomer bilan olchangan - 11 sm. X=L+C=25+11=36 hafta. M.A.Skufskiy formulasi: X= X-aniqlanadigan homiladorlik muddati (oylarda) L-tazomer bilan bachadondagi homilaning uzunligini o'lchab olgan ma'luimot. 2 -ona qornida homila ikki buklanib yotganligi uchun 2 ga ko'paytiriladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling