Amaliy mashg`ulotida ta`lim texnologiyasi modeli mavzu


Download 0.77 Mb.
bet8/12
Sana05.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1167518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu xomiladorlik fiziolof amaliy

Bajarilish tartibi:

  1. Akusherka o’lchash uchun santimetrli (sm) tasma tayyorlaydi;

  2. Homilador ayol kushetkaga chalqancha yotqizilib, qorinning oldingi devori yalangg’ochlanadi va oyoqlari to’g’ri uzatiladi;

  3. Qorin aylanasini o’lchash uchun sm. tasma bilan oldingi tomondan kindik ro’parasi va orqa tomondan bel sohasining o’rtasidan aylantirib o’lchanadi va necha sm. ekanligi belgilab olinadi;

  4. Olingan ma’lumotlar homilador ayolning maxsus varaqasiga qayd etiladi;

Eslatma: Qorin aylanasi aniqlanayotganda siydik pufagi bo’shatilgan bo’lishi shart. Yuqoridagi o’lchamlar homiladorlik davomida muntazam o’lchanib turiladi.



Bachadon tubi balandligini o’lchash
Kerakli jihozlar: Kushetka, o’lchov tasmasi, homilador ayol shaxsiy kartasi.
Bajarish tartibi:

  1. Akusherka o’lchash uchun santimetrli (sm) tasma tayyorlaydi;

  2. Homilador ayol kushetkaga chalqancha yotqizilib, qorinning oldingi devori yalang’ochlanadi va oyoqlari to’g’ri uzatiladi;

  3. Akusherka ayolning o’ng tomoniga o’tib, sm tasmaning bir uchini simfizning yuqori qirrasiga taqab, bachadon tubining eng ko’p turtib chiqqan nuqtasigacha bo’lgan sohagacha o’lchab, belgilab oladi.

  4. Olingan ma’lumotlar homilador ayolning maxsus varaqasiga qayd etiladi;

Eslatma: Bachadon tubi balandligi aniqlanayotganda siydik pufagi bo’shatilgan bo’lishi shart. Yuqoridagi o’lchamlar homiladorlik davomida muntazam o’lchanib turiladi.



Homiladorlik muddatini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Kushetka,o’lchov tasmasi,tazomer(chanoq o’lchagich),homilador ayolning shaxsiy varaqasi.
Bajarilish tartibi:
1.Tekshiruv chanoq o’lchagich asbobida o’tkaziladi.
2.Homilador ayol chalqanchasiga yotadi.
3.Qovuq bo’shatiladi.
4.Qorin devori orqali homila qismlari aniqlaniladi,chanoq o’lchagichni bitta tugmasini homila boshi pastki qismiga,ikkinchi tugmasini esa bachadon tubiga qo’yiladi.
5.Homila boshi pastki qismidan chanoq sohasigacha,homila uzunligining yarmini tashkil qiladi (tepa suyakdan tovongacha).Shu sababli homila boshi pastki qismidan chanog’igacha bo’lgan o’lcham 2 soniga ko’paytiriladi.
6.Olingan sondan qorin devor qalinligi 5 sm chegirib tashlanadi.
7.Aniqlangan homila uzunligini Gaaze koeffisienti 5 soniga bo’linadi va homiladorlik muddati kelib chiqadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling