Amaliy mashg`ulotida ta`lim texnologiyasi modeli mavzu


Download 0.77 Mb.
bet6/12
Sana05.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1167518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu xomiladorlik fiziolof amaliy

Eslatma:Homiladorlikning hayz ko’rishning birinchi kunidan hisoblaganda 280 kun ya’ni 40 hafta yoki akusherlar hisobida 10 oy davom etadi.Birinchi homiladorlikda ayol qornidagi homilaning qimirlashini 20haftada,takror homilador bo’lgan ayollarda 2hafta ilgariroq 18 haftada seza boshlaydi.Barcha aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra homiladorlik va tug’ish muddatini o’rtacha hisoblab,homilador ayolning mahsus varaqasiga qayd etiladi.
Homiladorlarni tashqi tekshiruv amallarini o’tkazish (Leopold-Levitskiy usulida)
Kerakli jihozlar: kushetka, choyshab, homilador ayol mulyaji.
Bajarish tartibi:

  1. Ayolga muolaja maqsadi tushuntiriladi .

  2. Kushetkaga toza choyshab solinadi

  3. Homilador ayol kushetkaga chalqancha yotadi, akusher ayolning o’ng tomonida unga yuzma-yuz turadi.

  4. 1-amal: Ikkala qo’l kaftlari bachadon tubiga qo’yilib,

barmoqlari yaqinlashtiriladi. Pastga tomon avaylab bosib, bachadon tubining qanday balandlikda turganligi aniqlanadi, shunga qarab homiladorlik muddati haqida fikr yuritiladi. Homilaning bachadon tubida yotgan qismi (ko’pincha chanoq tomoni) birinchi amalda aniqlanadi.


  1. 2-amal: Ikkala qo’l bachadon tubidan pastga, kindik to’g’risigacha olib boriladi va bachadonning yon yuzalariga joylashtiriladi. Homila qismlari sekin-asta o’ng va chap qo’l bilan paypaslab ko’riladi. Chap qo’l bir joyda tinch turadi, ikkinchi qo’l barmoqlari esa bachadonning chap yon yuzasidan sirg’antirib boriladi-da, homilaning shu tomonga qaragan qismi paypaslanadi. So’ngra o’ng qo’l bachadon devorida tinch turadi, chap qo’l bilan esa homilaning bachadon o’ng devoriga qaragan

qismlari paypaslab topiladi. Homilaning bo’ylama vaziyatida bir tomondan orqasi, qarama-qarshi tomondan qo’l-oyoqlari mayda qismlari paypaslab ko’riladi. Homilaning orqasi bir tekis maydonchaga o’xshab seziladi, mayda qismlari ko’pincha vaziyatini o’zgartiradigan kichkina bo’rtmalar shaklida qo’lga seziladi; ba’zan qo’l-oyoqlarning ildam, zarbsimon harakatlarini sezsa bo’ladi


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling