Amaliy mashg’ulotlar
1- Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash. Chiqindi materillaridan
choynak tagligini yasash (2 soat)
Reja:
1. Texnologiya xonasida ishlash talablari.
2. Ish o‘rnini tashkil qilish talablari.
3. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
4. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash texnologiyasini o’rgatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
1. Amaliy mashg‘ulotlarda ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablarini o‘rgatish.
2. Ish qurollaridan foydalanish qoidalariga
rioya qilish, amalda
ulardan
foydalanishga o‘rgatish.
3. Mavzuni o‘tish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarini, amaliy ishlarni
dars jarayonida yoritib berish.
4. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasashni o’rgatish.
5. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash texnologiyasini o’rgatish.
6.
Amaliy ishini taqdimot qiladi, xato va kamchiliklarini to’g’irlaydi, baholanadi.
Ta’lim metodlari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, “Klaster”
texnologiyasi.
Ta’lim vositalari: Ko‘rgazmalar, xavfsizlik qoidalari, rasmlar, slaydlar.
O‘qituvchining vazifasi:
1. Texnologiya xonasida ishlash talablari bilan tanishtiradi;
2. Texnologiya darslarida ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talabalarini o‘rgatadi;
3. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi;
4. Amaliy ish quroli turlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtiradi;
Kerakli materiallari va ish qurollarini tayyorlash.
Metodik qo’llanmalar,
slaydlar, tabriknoma
turlaridan namunalar,
kvilling usulida
shakllar yasash bosqichlari, rangli qog’oz, rangli karton, qaychi, chizg’ich, qalam, yelim.
Ish joyini to’g’ri tashkil etish: O’qituvchi stolning ustiga
skater yoki dasturxon yozib,
o’ng tomoniga qaychi, elim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, o’chirg’ich joylashtiriladi.
O’quvchini
old tomoniga elim, chiqindilar uchun quticha va latta joylashtiriladi.
O’quvchining
chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib turli urug’lar,
qog’oz va boshqa kerakli materiallar joylashtiriladi. Ish jarayonida
sanitarik-gigienik
talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak.