Amaliy mashg’ulotlar 9-mavzu: Ishlab chiqarish omillari bozori


 Quyidagi fikrlardan qaysi biri to’g’ri keltirilgan?


Download 93.38 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi93.38 Kb.
#1839736
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Ishlab chiqarish omillari bozori — копия

13.  Quyidagi fikrlardan qaysi biri to’g’ri keltirilgan?
a) sof investitsiya – yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag’ni ajratgandan keyingi qolgan qismi;
b) absolyut renta – bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog’liq bo’lmagan holda olinadigan rentadir;
v) diskontlash – xarajat va daromadlarni bir xil boshlang’ich vaqtga keltirish hisob-kitoblari;
g) barcha javoblar to’g’ri;
d) to’g’ri javob yo’q.
14.  Siz 2 yildan keyin 10 mln so’m pul olishingiz uchun bankga 10 % li stavkada qancha pul qo’yishingiz kerak?
a) 8.52 mln;
b) 8.44 mln;
v) 8.26 mln;
g) 8.16 mln;
d) to’g’ri javob yo’q.
15.  Nominal foiz stavkasi 50% ni inflyatsiya darajasi 80 % ni tashkil etsa, real foiz stavkasi aniqlansin.
a) 10.2%;
b) 11.0%;
v) 25.4%;
g) 11.8%;
d) 12.9%.
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar


1. Mahalliy bozordagi ish kuchiga talab funktsiyasi LD=1000 -20×W taklif funktsiyasi esa LS= -600+60×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 25 $ qilib belgilab qo’yilsa qancha ishchi kuchi ishsiz bo’lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o’zgaradi?
2. Musulmon mamlakatlarining birida ish boshqaruvchi kadrlarga talab funktsiyasi LD=900-4×W taklif esa LS=-300+8×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda,
W – yillik ish haqi ming dollar hisobida, LD va LS lar yillik ishchilarga talab va taklif hajmi, ming kishi hisobida. Nimadir sabab bo’ldi-yu, ayollar boshqaruvchi lavozimida ishlashdan mahrum qilindilar. Agar mamlakatdagi erkak ish boshqaruvchilar taklifini ko’paytirish imkoni bo’lmasa, ushbu qaror natijasida ish haqi va ishchilar soni qanday o’zgaradi?
3. Markaziy Afrika mamlakatlarida olib borilgan tahlillar shuni ko’rsatdiki: 20 foiz aholining kam ta’minlangan qismi jamiyatdagi umumiy daromadning 10 foizini, aholining eng yuqori ta’minlangani 20 foiz qismi esa jamiyatdagi daromadning 40 foizini olar ekan.
Berilgan ma’lumotlarga ko’ra daromadni notekis taqsimlanish darajasini ifodalovchi Djini koeffitsienti topilsin.

Download 93.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling