7. Sub’ekt o’z pul mablag’ini davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olishga sarflaydi, agar:
a) foiz stavka hozirgiga qaraganda etarli darajada ko’tariladigan bo’lsa;
b) foiz stavka hozirgiga qaraganda ancha tushadigan bo’lsa;
v) foiz stavka dastlabida ko’tarilib, so’ngra tushadigan bo’lsa;
g) foiz stavka o’zgarmaydigan bo’lsa;
d) to’g’ri javob yo’q.
8. Foiz stavkaning ko’tarilishi:
a) zayom mablag’lariga bo’lgan talabni oshiradi;
b) zayom mablag’lari taklifini ko’paytiradi;
v) zayom mablag’lari taklifini kamaytiradi;
g) zayom mablag’lari taklifi hajmini oshiradi;
d) to’g’ri javob yo’q.
9. Agar iqtisodiy foyda 2 ming dollar, umumiy daromad hajmi 3 ming dollar bo’lsa, ishlab chiqarish omillari xarajatlari qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
a) 5 ming $;
b) 3.5 ming $;
v) 4 ming $;
g) 5.5 ming $;
d) to’g’ri javob yo’q.
10. Yerga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan:
S=2400-8×R
Bu yerda S-foydalaniladigan yer maydoni; R-renta foizi (bir gektariga ming so’m). Agar yer hajmi 400 gektar va bankning foiz stavkasi 125% bo’lsa, bir gektar yerning narxi necha pul?
a)200 000 so’m;
b) 250 000 so’m;
v) 300 000 so’m;
g)400 000 so’m;
d) to’g’ri javob yo’q.
11. Yerga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan:
S=2400-8×R
Bu yerda S-foydalaniladigan yer maydoni; R-renta foizi (bir gektariga ming so’m).
Agar yer hajmi 400 gektar bo’lsa va bank foiz stavkasi 125% va davlat maksimal rentani bir gektariga 200 000 so’m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasining sof iqtisodiy yo’qotishi qanchaga teng?
a) 20 mln so’m;
b) 25 mln so’m;
v) 30 mln so’m;
g) 40 mln so’m;
d) To’g’ri javob yo’q.
12. Agar renta 40 ming so’m, ssudaning bozor foiz stavkasi 8 foiz bo’lsa, yerning narxi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
a) 800 ming so’m;
b) 900 ming so’m;
v) 700 ming so’m;
g) 500 ming so’m;
d) 600 ming so’m.
Do'stlaringiz bilan baham: |