Proteinlar qabul qilishning zarari bormi?
To‘g‘ri qabul qilinganda mazkur qo‘shimcha deyarli hech qanday negativ asorat qoldirmaydi. Chunki tarkibdagi oqsil ovqatdagi oqsildan deyarli farq qilmaydi, shunchaki turli aralashmalardan ajratiladi.
Ammo organizmga tushadigan konsentratsiyalashtirilgan oqsil miqdori belgilanganidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Aks holda, oqsil zaharlanishi yuzaga kelishi va buning oqibatida jigar, buyrak, yurak-qontomir tizimi va oshqozon-ichak faoliyati zarar ko‘rishi mumkin.
BePerfect nutrition sut-oksilli proteinlari orasidan uchtasini alohida ajratish mumkin:
PureWhey 100% – jismoniy mashg‘ulotlar bajaradigan va har kungi oqsil miqdorini ko‘paytirmoqchi, keraksiz uglevod, yog‘ va kaloriyalardan forig‘ bo‘lmoqchi bo‘lganlarga ideal ravishda mos keladi. Ushbu mahsulot teri osti yog‘lar miqdorini kamaytirib, quruq mushak massasini saqlab qolishni istayotganlar uchun yaratilgan. Bitta porsiya (27,9 gramm) proteinli aralashmada 62 foiz izolyator va sivorotkali oqsil konsentrati bor. Bitta porsiya kaloriyaviyligi 144 Kkal.
ProGainer – yuqori uglevodli geyner bo‘lib, tana vaznini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Uning tarkibida transyog‘lar va shakar yo‘q. Mazkur geyner premium seriyasiga mansub. Bitta porsiya – 18 gramm oqsil. Kaloriyaviyligi: 306 Kkal.
Fitness Shake with L-carnitine – vazn va ishtahani nazorat qilish, organizmning hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Mahsulotning bir porsiyasida 1000 mg L-Karnitin mavjud. U yog‘ to‘qimalarini yo‘q qilish jarayonida faol ishtirok etadi. Bitta porsiyada 18,6 gramm (62%) oqsil mavjud. Porsiya kaloriyaviyligi – 95,2 Kkal.
Proteinni tanlaganda maqsad, oqsil va kaloriyaning individual normasi, allergiya bor-yo‘qligi (masalan laktozani ko‘tara olmaydiganlarga Premium Iso-Whey tavsiya etiladi), individual kurslar, organizmning reaksiyasi va moliyaviy holatni (organizmni aminokislotalar bilan to‘yintirish jarayoni ertalab va kechqurun amalga oshadi, shu sababli premium segmentidagi mahsulotlarni olib, ularni uzoq muddatga cho‘zish kerak emas. Aks holda samara ko‘rinmaydi) inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |