Amaliy mashg’ulotlar materiallari amaliy mashg`ulot №1. Oqsil molekulasining aminikislota tarkibini aniqlash usullari
Download 0.93 Mb.
|
AMALIY MASHG Oqsillar tuzilishi 4.02.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Proteinlarning turlari juda ko‘p, ularning uchta asosiysi majvud
- Sport ozuqasida proteinning oddiy ovqatdan farqi nimada
Amaliy mashg`ulot №8
Sun’iy oqsillar olish yollari Birinchi navbatda bilish kerak bo‘lgan narsa: organizmdagi deyarli barcha narsa oqsildan tashkil topgan. Proteinlar – bu tarkibi faqat alfa-aminokislotalardan tashkil topgan oddiy oqsillar. Aynan ular mushaklar kattalashishiga xizmat qiladigan material hisoblanadi. Shuning uchun, proteinlar sport ozuqasida katta ahamiyatga ega. Proteinning organizmga ta’siri shundan iboratki, u og‘ir mashg‘ulotlardan keyin mushaklar tiklanishiga va gavdaning ideal mushak relyefini yaratishga yordam beradi. Proteinlarning turlari juda ko‘p, ularning uchta asosiysi majvud: Sivorotkali (sut zardobidan olingan oqsil) sportchilar orasida eng mashhuri, u bir zumda o‘zlashtiriladi va aminokislotalar defitsitini to‘ldiradi. Bu yuqori sifatli protein sutdan ishlab chiqariladi. Masalan, BePerfect Nutrition mahsulotlarida faqatgina ushbu turdagi proteindan foydalaniladi. Kazein – sekin o‘zlashtiriladigan protein turi bo‘lib, tunda qabul qilishga mo‘ljallangan. Tvorog tarkibida kazein mavjud. Soyali protein – o‘stirilgan oqsil bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra bodibilding, mushak massasini yig‘ish va teri osti yog‘larni yo‘q qilishda eng samarasiz oqsil sanaladi. Afzalligi – arzon narx, xolesterin darajasini kamaytirish. Kamchiligi – past samaradorlik, estrogen gormonining oshib ketishi, potensiyaning tushib ketishi. Birinchi ikki turdagi protein bodibilderning ovqatlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, uchinchisini qabul qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardik. Afsuski, sport ozuqasini ishlab chiqaruvchi turli xorijiy kompaniyalar mahsulotni arzonlashtirish maqsadida uchinchi turdagi proteinni ishlatadi. Shuning uchun, proteinli kokteyllar sotib olganingizda uning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqing! Sport ozuqasida proteinning oddiy ovqatdan farqi nimada? Tasavvur qiling, mashg‘ulotlardan keyin organizmga 25 gramm oqsil kerak bo‘lib qoldi. Siz proteinli kokteyl ichib olishingiz yoki 100 gramm go‘sht iste’mol qilishingiz mumkin. Lekin mahsulotdagi oqsildan farqli o‘laroq, sport proteini organizmga parchalangan holda yetib boradi va shuning uchun qisqa vaqt ichida o‘zlashtiriladi. E’tiborli tomoni, sport proteini hazm qilish faoliyati va qo‘shimcha ozuqaviy elementlarga og‘irlik qilmaydi. Aminokislotalardan tashkil topgan konsentratsiyalashtirilgan oqsil oshqozonga tushishi bilan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, sport proteini nafaqat tez, balki deyarli butunlay o‘zlashtiriladi. Proteinning atigi 5 foizi organizmdan chiqib ketadi. Sport proteini, birinchi navbatda, mushak to‘qimalarini o‘stirishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur mahsulot moddalar almashinuvida organizmning biokimyoviy reaksiyasi o‘tishini normallashtiradigan muhim fermentlar qatoriga kiradi. Jumladan, protein intensiv mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi hamda tananing yog‘ massasini kamaytirishga, gormonlarni me’yorida saqlashga, muhim bo‘lgan barcha fiziologik jarayonlar o‘tishiga va mushaklar o‘sishiga xizmat qiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling