Amaliy mashg’ulotlar materiallari amaliy mashg`ulot №1. Oqsil molekulasining aminikislota tarkibini aniqlash usullari


Download 0.93 Mb.
bet9/14
Sana07.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1174116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
AMALIY MASHG Oqsillar tuzilishi 4.02.2023

Fermentlarning spetsifikligi.
Kup substratlardan bir yoki bir necha kimyoviy tuzilishi jaxatidan uxshash bulgan substratlarni tanlab olish xususiyatiga fermentlarning spetsifikligi deyiladi. Fermentlarning yukori spetsifiklikka ega bulishi kimyoviy reaktsiyalardan fakat ba’zilarini tanlab oladi va shuning uchun metabolik jarayonlarni umumiy yunalishini kupincha aniklaydi.
Kuyidagi spetsifiklik turlari tafovut etiladi:
1.absolyut spetsifiklik
2.absolyut-gruppaviy spetsifikligi
3.nisbiy gruppaviy spetsifikligi
4.steriokimyoviy spetsifiklik
Absolyut spetsifiklikka fakat bitta substratga ta’sir eta oladigan va uxshash bulgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir. Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshkalar.
Absolyut-gruppaviy spetsifikligiga bir xil tipda tuzilishga ega bulgan substratlarga ta’sir etadigan fermentlar kiradi. Masalan: glyukozidaza, karboksipeptidaza.
Nisbiy -gruppaviy spetsifikligiga kimyoviy bog turiga nisbatan spetsifik bulgan fermentlar kiradi. Masalan: lipaza, esterazalar triglitserid, diglitserid, monoglitserid molekulasidagi murakkab efir boglarini uzadilar va boshkalar. Keng spetsifiklik xususiyatiga pepsin, ximotripsin, tripsin va boshka proteolitik fermentlar ega.
Streriokimeviy spetsifiklikka fakat bir fazoviy izomerga ta’sir etuvchi fermentlar egadir. Masalan: aminokislotalarning L-oksidaza yoki D-oksidazalari fakat tegishli izomerlargagina ta’sir etadilar.
Fermentlarning spetsifik ta’siri 2 gipoteza yordamida tushuntiriladi: Fisher gipotezasi - ferment va substrat bir-biriga kalit kulupga mos kelganidek mos kelishi kerak. Koshland gipotezasi -majburan mos kelishlik, ba’zan ferment uzining konformatsiyasini uzgartirish va substratiga mos kelishi mumkin. Buni kulpaypok va kaft misolida tushuntirish mumkin.
Fermentlar, gormonlar va boshqa biologik faol oqsillarni funksiyalarini o’rganish usullari.

Biologik materialdan moddalarni ajratib olishda jarayonlarning borish tartibi taxminan quyidagicha bo`ladi:


1. Gomogenlash.
2. Ultrasentrifugalash.
3. Ekstraksiya.
4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya).
Biologik moddalarni ajratib olish va tahlil qilish usuli ularning xususiyatlariga bog`liq holda tanlab olinadi.
Ajratib olinadigan moddalarning tuzilmalarini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, uni miqdoriy jihatdan o`rganish uchun turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullari, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron tuzilmasini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Bu usullarni qo`llash biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak.
Biologik materiallarni tekshirishda qo`yilgan maqsadga binoan lozim bo`lgan usullardan foydalaniladi. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun har qanday biologik materialni osonlik bilan olish mumkin, klinikada esa bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari ishlatiladi.
Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o`zgartiruvchi moddalar qo`shilmaydi, bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment undagi tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to`sqinlik qilayotgan bo`lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to`xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uchhlorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli, sulfat kislotalari yoki termik ta`sir qo`llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho`kmaga tushadi.
Gomogenlash. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to`qima, organ tarkibiy qismlarida joylashgan organoid yoki uning bo`lakchalarida, masalan, membranalarida o`tkaziladigan bo`lsa, unda hujayra yoki to`qimani avval maydalash kerak bo`ladi. Buning uchun ko`pincha to`qimani gomogenizator yordamida mexanik parchalash usuli qo`llaniladi. Gomogenizator ko`rinishi bo`yicha shisha stakanga o`xshash bo`lib, hajmlari har xil. Ushbu stakanga qaychi bilan maydalangan to`qima bo`lagi va olinayotgan hujayralar bo`lakchasini intaktligini saqlovchi muhit suyuqligi (odatda saharoza, kaliy xlorid) solinadi. Elektr toki yordamida stakandagi gomogenizator dastasining aylanishi natijasida hujayra membranasi parchalanadi, struktura bo`lakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda gomogenat to`qimani farforli hovonchada shisha kukuni yoki kvarts qumi bilan maydalab olinadi.
Gomogenatlar tarkibi bo`yicha to`qima, hujayra bo`laklarining o`lchovi, shakli, kimyoviy tuzilishi jihatidan har hil bo`lgan murakkab aralashmasidan iborat. Biokimyoviy tadqiqotlar o`tkazish uchun ularni molekulasi bo`yicha taqsimlash va ajratib olishda bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling