Amaliy mashg‘ulotlar


-mavzu: Harakatga doir masalalar ustida ishlash uslubiyoti


Download 477.5 Kb.
bet14/17
Sana02.05.2023
Hajmi477.5 Kb.
#1420943
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
boshl.sinf. metodika oddiy

14-mavzu: Harakatga doir masalalar ustida ishlash uslubiyoti.
Reja:
I. Harakatga doir masala ustida ishlash uslubiyoti.
1. Bir jism harakatiga doir masalalar
2. Uchrashma harakatga doir masalalar
2. Ikki jismning qarama-qarshi harakatiga doir masalalar

Matematika o‘qitish uslubiyotida harakatga doir masalalar jumlasiga harakatni xarakterlovchi uchta miqdor-tezlik, vaqt va masofa orasidagi bog‘lanishlarni topishga doir masalalar kiritiladi, bu masalalarda aytilgan miqdorlar yo‘naltirilgan miqdorlar sifatida qatnashadi. Demak harakatni xarakterlovchi miqdorlar ya‘ni tezlik vaqt va masofa kirgan masalalar harakatga doir masalalardir. Quyidagi masalalar harakatga doir masalalar jumlasiga kiradi.


1. Bir jism harakatiga doir soda va murakkab masalalar. Bu masalalarda miqdorlardan biri – tezlik, vaqt va masofa qolgan ikkitasiga bog‘liq holda qatnashadi.
2. Uchrashma harakatga doir masalalar.
3. Ikki jismning qarama – qarshi yo‘nalishdagi harakatlariga doir masalalar.
4. Ikki jismning bir yo‘nalishdagi harakatiga doir masalalar.
Ma‘lumki, o‘quvchi murakkab masalaning yechimini o‘rganish uchun oldin sodda masalalarning yechimini bilib olishi zarur. Shu sababli harakatga doir masalalar ustida ishlashni sodda masalalarni yechishdan boshlash kerak. Ammo harakatga doir sodda masalalar ustida ishlashga kirishishdan oldin masofani, vaqt oralig‘ini aniqlashga oid masalalarni yechish kerak. Bu masalalarni yechishni I-III sinf dastur
materiallarini o‘tish bilan bog‘lab borish kerak. Masalan bolalarni uzunlik o‘lchov birliklari (sm, dm, m) bilan tanishtirishda ularni masofani aniqlashga oid masalalarni yechish bo‘yicha mashq qildirish kerak.
Masalan:
1) O‘qituvchi doskaga avtomobilning karton modelini o‘rnatadi, bunda u jo‘nash joyini oldindan belgilab qo‘yadi. So‘ngra o‘qituvchi modelni sura boshlaydi va ma‘lum vaqt oralig‘i o‘tgandan keyin to‘xtatadi. Avtomobil qancha masofa o‘tdi? (bir metr, bir metrdan ortiq yo kam)
2) O‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida stoldan devorgacha, qarshi tomondagi devorgacha bo‘lgan masofani o‘lchashadi. 3 m, 4 m sonlari hosil bo‘ladi. Devordan stolgacha 4 m va stoldan ikkinchi devorgacha bo‘lgan masofa 3 m. Bir devordan ikkinchi devorgacha bo‘lgan masofani toping.
Yechilishi 4+3=7 (m).
Soat minut temasini o‘rgatish davrida bolalarga bunday masalalarni berish mumkin: 1) O‘quvchi soat 8 da uyidan chiqib, soat 8-u 20 minutda maktabga etib keldi. O‘quvchi yo‘lda necha minut bo‘lgan?
2) Ertalab qishloqdan shaharga qarab bir vaqtda avtobus va motosikl yo‘lga chiqdi.
Avtobus shaharga kunduzi soad 12 da, motosikl esa kunduzi soat 2 da etib keldi. Bularning qaysilari yo‘lda ko‘p vaqt bo‘lgan va qancha ko‘p bo‘lgan?
O‘quvchilar bunday masalalarni yechganidan keyin ularning harakat haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish va tegishli chizmalarni bajarishga o‘rgatish kerak. Shu maqsadda bitta qismning harakatini va ikkinchi jismning bir-biriga nisbatan harakatini kuzatish kerak. Masalan bitta jism tez va sekin harakat qilishi, to‘xtashi mumkin. Ikkita jism bir-biriga qarab harakat qilishi va natijada bir-biriga yaqinlashishi, qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilishi mumkin, bunda ular bir-biridan uzoqlashadi bir xil yo‘nalishda harakat qilishi mumkin. Bularning hammasini sinf sharoitida kuzatib tegishli chizmalar qanday chizilishini ko‘rsatish kerak. Yo‘lni kesma bilan, jo‘nash joyini yetib borish joyini kesmadagi nuqta va tegishli harf bilan yoki chiziqcha bilan belgilash qabul qilingan. Uchrashish joyi bayroqcha bilan, harakat yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatiladi. Masalan uchrashma harakatini quyidagicha tasvirlash mumkin.
A → ← B
→ ←
5 km 7 km
O‘quvchilar chizmalarni taxlil qilib bunday xulosalarga keladilar.
1) Ikkita jism bir-biriga qarab harakat qildi. (strelkalar shuni ko‘rsatadi)
2) Birinchi jism uchrashguncha 5 km ikkinchi jism esa 7 km o‘tdi bayroqcha uchrashish joyini ko‘rsatadi.
3) Masalada jism o‘tishi kerak bo‘lgan AB yo‘lni topish talab qilinadi.
Bunday tayyorgarlik mashqlaridan keyin harakatga doir sodda masalalarni yechishga kirishish mumkin. Bunday masalalarni yechishda biz o‘quvchilarning diqqatini dastavval harakatga doir masalalarga tegishli bo‘lgan uchta miqdor – masofa, tezlik va vaqt orasidagi mavjud bog‘lanishga qaratmog‘imiz va shu bog‘lanishdan kelib chiqib bolalarni masalaning savoli to‘g‘ri hal bo‘ladigan amallarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatishimiz kerak. Ammo bu uch miqdor asosidagi mavjud bog‘lanishni o‘quvchilar tushunib yetmoqlari uchun ular harakatga doir masalalarda uchraydigan ba‘zi terminlarning (so‘zlarning) ma‘nosini yaqqol tushunishlari kerak. O‘quvchilar har bir terminning mohiyatini tushunib yetmoqlari, berilgan termin bilan belgilanuvchi hayotiy va matematik voqeani tushunib yetmoqlari kerak. Misol uchun ―uchrashdi so‘zini olaylik ushbu so‘zning mazmuni bunday: uchrashishda kamida ikkita jism qatnashadi, ikkita jismning uchrashishi har doim bir vaqtda sodir bo‘ladi, uchrashish paytida jismlar orasidagi masofa nolga teng. Harakatga doir sodda masalalarni yechishni yangi miqdor-tezlikni kiritishdan va ushbu: ―velosopedni soatiga 14 km tezlik bilan yurdi‖ piyoda soatiga 4 km yurdi‖ degan jumlalarni qanday tushunish kerakligini aniqlashtirishdan boshlash kerak. Shundan keyin tezlik, vaqt, masofa asosidagi bog‘lanishlarni ochish bo‘yicha ishlash boshlanadi.



Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling